AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, bu yilgi tinçlik böyiça Nobel mukofotini egasidan tortib olmaganini aytdi.
Uning sözlariga köra, Nobel mukofotini olgan kişi (Mariya Korin Maçado) unga qönğiroq qilib, mukofotni öziga bağişlaganini aytgan.
«Men unga: «Mukofotni ber», demadim. Öylaşimça, u juda iltifotli bölgani uçun berişi mumkin edi. Men unga har doim yordam berib kelganman, ular Venesuelada yordamga juda muhtoj», dedi Tramp jurnalistlarga.
Venesuelalik muxolifatçi ayol Mariya Maçado ijtimoiy tarmoqda erkinlik va demokratiyaga erişiş işi Tramp va boşqa asosiy ittifoqçilarga boğliqligini yozdi.
«Mukofotni Venesuelaning jafokaş xalqi va bizning işimizni qat’iy qöllab-quvvatlagani uçun prezident Trampga bağişlayman!», deb yozdi u.

Şu bilan birga, Amerika prezidenti kelasi yili özi uzoq kutgan mukofotni olişi mumkinligiga işora qildi.
«Umuman olganda, bu mukofot 2024 yil uçun berilgan, men esa 2025 yilda lavozimga kirişganman. Men millionlab odamlarning hayotini saqlab qolganimdan mamnunman», deb xulosa qildi u.
2025 yil yanvar oyida Oq uyga qaytganidan beri Amerika rahbari mukofotga «loyiq» ekani va uni öziga berilmasligi «Qöşma Ştatlarni haqorat qiliş» bölişini bir neça bor ta’kidlagan.
Sentyabr oyida Kvantiko bazasida harbiylar oldida nutq sözlagan Tramp şunday degan edi: «Men Nobel mukofotini olamanmi? Mutlaqo yöq. Uni heç nima qilmagan biror yigitga berişadi».
Oq uy 10 oktyabr kuni prezident Trampga mukofot berilmaganidan norozilik bildirdi, çunki mukofot qömitasi «siyosatni tinçlikdan ustun qöygan».
Eslatib ötamiz, AQŞ prezidenti Donald Tramp mukofotga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanardi. Biroq bu yilgi tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureati Venesuela muxolifati yetakçisi Mariya Korina Maçado böldi. Oslodagi Nobel qömitasi «uning Venesuela xalqining demokratik huquqlarini ilgari suriş böyiça tinimsiz işini» e’tirof etdi.











