«Tolibon» hukumati mamlakatning şimolidagi toğli hududlarda Pokiston qöşinlariga zarbalar yöllaganini tasdiqladi.
Qurbonlar soni hozirça noma’lum. «Tolibon» öz harakatlarini Pokiston Afğoniston havo hududini buzib kirgani va Kobulga zarba berganiga javoban ötkazilgan amaliyot deb atadi.
Pokiston içki işlar vaziri Muhsin Nakvi afğonlarning hujumlarini asossiz hujum deb atab, ularni tinç aholini öqqa tutişda aybladi. U Pokiston kuçlari Afğoniston zarbalariga javob qaytarişi haqida ogohlantirdi.
Islomobod Kobulni Pokiston hududida hujum uyuştirayotgan jangarilarni yaşirişda ayblamoqda. «Tolibon» bu ayblovlarni rad etmoqda. Bu eskalatsiya Afğoniston TIV rahbarining Hindistonga tarixiy taşrifi fonida yuz berdi.
BBC ma’lumotlariga köra, ikkala tomon ham Pokistonning Xurram okrugida öqotar qurol va artilleriyadan foydalangan.
Nakvi «Tolibon»ning hujumlarini qoralab, «afğon kuçlari tomonidan tinç aholiga qarata öq uziş – xalqaro huquqning oçiqdan-oçiq buzilişi» ekanini ta’kidladi.
«Afğoniston olov va qon bilan öynaşmoqda», – deya yozgan u X ijtimoiy tarmoğida.
Pokiston armiyasi vakili mamlakat fuqarolari hayoti va mulklarini himoyalaş uçun barça zarur çoralar körilişini xabar qilgan.
Pokiston armiyasi hozirça rasmiy bayonot bermadi, biroq BBC’ning xavfsizlik kuçlaridagi manbasi Pokiston-Afğoniston çegarasi böylab Angur-Ada, Bajaur, Xurram, Dir, Çitral va Bahromça kabi bir neça nuqtada otişmalar bölib ötganini ma’lum qildi.
Xurram tumanidagi töqnaşuv joyiga yaqin bölgan politsiya xodimining BBC’ga aytişiça, Afğoniston tomonidan oğir qurollardan öt oçiş mahalliy vaqt bilan soat 22:00 atrofida (Grinviç böyiça 17:00) boşlangan.
Uning qöşimça qilişiça, çegaraning turli nuqtalaridan şiddatli otişmalar bölayotgani haqida xabarlar kelib tuşgan.
Payşanba kuni keçga yaqin Kobulda ikkita portlaş sodir bölganidan keyin «Tolibon» hukumati Pokistonni Afğonistonning «suveren hududi»ni buzişda ayblagandi.
Juma kuni Afğoniston mudofaa vazirligi Pokiston mamlakat janubi-şarqidagi çegaradoş Paktika viloyatidagi fuqarolik bozorini bombardimon qilganini ma’lum qildi. Mahalliy aholi BBC’ning Afğoniston xizmatiga köplab dökonlar vayron bölganini aytgan.











