Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 12 oktyabr, yakşanba. Ortda qolayotgan hafta tarixiy böldi. AQŞ prezidenti Trampning bosimi bilan Ğazodagi uruş tugadi. Endi çindan tugadi. Tramp Isroilni ham, HAMASni ham «tinçlikni buzganingni kömaman», deb ogohlantirdi. Va bu oxirgi ogohlantirişdan keyin asirlarni olib ötirgan HAMAS ham, odam öldirib çarçamagan Isroil ham «mömingina bölib» kelişuvni imzoladi. Quyida haftaning şu va boşqa muhim voqealarini birgalikda eslaymiz.

Uruş tugadi

Endi bemalol aytişimiz mumkin, Ğazodagi uruş tugadi. Trampning bosimi bilan Isroil va HAMAS kelişuv imzoladi. Şarm aş-Şayx kurortidagi muzokaralarda HAMASning Qatardagi qimmatbaho villalarda yaşaydigan rahbariyati va Isroil tomonidan taşqari, Turkiya razvedkasi rahbari hamda Qatar boş vaziri ham iştirok etdi. Donald Tramp har ikki tomonni aniq-tiniq qilib ogohlantirdi: «kim mening rejamni buzsa, keyin özidan öpkalasin», dedi.

Amerika şunça vaqt ikki tomonni ham diplomatik çaqiruvlar orqali muzokara stoliga ötirişga undab keldi, lekin tomonlarning bepisandligi davom etavergaç, aftidan endi Vaşington tahdid yöliga ötdi. Zamon şunaqa bölib qoldi axir, odamlar diplomatiya tilini emas, kuç tilini tuşunadigan bölib qoldi. Amerikada esa kuçdan istalgança bor.

Kelişuvga köra, HAMAS barça isroillik asirlarni (öligi-yu tirigini) qaytarişi kerak. Trampning aytişiça, hozir HAMASçilar asirlarni töplayotgan ekan. Oldinroq Trampni tuppa-tuzuk bloger degandik, kördingizmi, u endi HAMAS nimalar qilayotgani haqida insayd ma’lumotlar ulaşmoqda. Yomon emas, mister Tramp.

Isroil uşbu kelişuvga köra, qöşinlarini belgilangan hududgaça olib çiqişi kerak edi va şunday böldi. Hozirça har ikki tomon ham öt oçişni töxtatiş rejimiga amal qilmoqda. Aytgança, Tramp Tel-Aviv rejimni buzmasligini nazorat qiliş uçun Isroilga 200 nafar amerikalik harbiy yuboribdi. Axir Tramp Isroilni juda yaxşi biladi.

Uruşni tugatiş yölida Tramp Isroilga jiddiy bosim qilişiga töğri kelganini aytiş kerak. Isroilni köndiriş uçun Tramp yahudiy kuyovi Jared Kuşner va milliarder dösti Uitkoffni yubordi. Aftidan, «Çöqintirgan ota» asarida aytilganiday, ikkovlon Netanyahuga «şunday narsa taklif qilişganki, u rad qila olmagan». Şu tariqa keçagina «Ğazoni bosib olamiz», «Falastin terror davlati» deb yurgan Netanyahu kelişuvni bayram kabi qarşilaşga majbur böldi.