Germaniya Ğazo sektorini rekonstruksiya qiliş uçun 100 million yevrodan ortiq yordam ajratişga tayyorlanmoqda, deya ma’lum qildi Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlaniş vaziri Rim Alabali-Radovan 12 oktyabr, yakşanba kuni Germaniyaning ARD telekanalida.
Uning aniqlik kiritişiça, aniq summa hali aniqlanmagan, ammo «uç raqamli millionlarda» böladi. 2023 yil 7 oktyabr kuni HAMAS hujumidan keyin muzlatib qöyilgan Ğazoga yordamning bir qismi allaqaçon tiklandi va endi yana mavjud, deya qöşimça qildi Alabali-Radovan.
Şu kuni keçqurun Germaniya vitse-kansleri va moliya vaziri Lars Klingbayl ARD telekanaliga bergan intervyusida hukumat Isroilga qisman qurol embargosini qayta körib çiqişini e’lon qildi. «Vaziyatni qayta körib çiqamiz», deb javob berdi vazir teleboşlovçining savoliga.
Avgust oyida kansler Fridrix Mers hukumati Ğazo sektoridagi jangovar harakatlarda qöllanişi mumkin bölgan qurollarni Isroilga eksport qilişni töxtatgan edi. 13 oktyabr kuni Misrda Isroil va HAMAS örtasida tinçlik şartnomasi imzolanişi bu qarorning bekor qilinişiga ta’sir etişi mumkin.











