AQŞ vositaçiligida tuzilgan sulh kelişuvi doirasida Hamas Ğazoda sönggi 20 nafar tirik garovdagilarning barçasini Xalqaro Qizil Xoç taşkilotiga topşirdi.
Ular ikki bosqiçda Isroil tomoniga topşirildi — avval Ğazodan dastlabki yetti kişi olib çiqildi, keyinroq yana 13 nafari. Topşiriş jarayoni Ğazo sektorining janubida joylaşgan Xon-Yunus şahrida amalga oşirildi.

Oded Balilty / AP / Scanpix / LETA
Garovdagilar ozod etilişi juma kuni kuçga kirgan Isroil va Hamas örtasidagi kelişuvning muhim bosqiçi böldi. Hamas ularni ozod etganidan söng 20 nafar garovdagi fuqaro Isroil hududiga qaytdi. Buning evaziga Isroil duşanba kuni keçga borib qariyb 2 ming nafar falastinlik mahbusni ozod etişi kutilmoqda.

Al-Jazeera'ning yozişiça, Isroil naşrlari falastinlik mahbuslarni taşiyotgani taxmin qilinayotgan ikki avtobus va Qizil Xoç maşinalarining Ofer qamoqxonasidan çiqib ketayotganini körsatdi.

Dawoud Abu Alkas / Reuters / Scanpix / LETA


Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
AQŞ prezidenti Donald Tramp allaqaçon Yaqin Şarqqa kelgan va Isroil parlamentida nutq sözlaşi kutilmoqda.





































