HAMAS guruhi 13 oktyabr, duşanba kuni ertalab 7 nafar isroillik garovga olinganni Xalqaro Qizil Xoç qömitasiga topşirdi. Ular 737 kundan beri asirlikda edi.
Ozod etiş jarayoni Ğazo sektori şimolidagi Netsarim koridorida boşlangan. Uç soatdan keyin janubdagi Xon-Yunus şahrida garovga olinganlarni ozod qilişning navbatdagi bosqiçi rejalaştirilgan.
Ozod qilingan garovga olinganlar Isroil mudofaa kuçlariga (TSAHAL) topşirilişi kerak. Öt oçişni töxtatiş kelişuviga köra, asirlikda halok bölganlarning jasadlari tirik garovga olinganlar ozod etilganidan keyin 72 soat içida qaytarilişi kerak.
Garovga olinganlarning oilalari avvalroq Isroil janubidagi Reim aviabazasiga yetib kelgan, garovga olinganlar tibbiy körikdan ötişi kerak. Şundan söng ular öz oilalari bilan uçraşadilar. XQXQ ozod etişdan bir neça soat oldin garovga olinganlar bilan uçraşgan va ularning ba’zilari oğir ahvolda ekani haqida ma’lum qildi, deb xabar beradi Isroilning «Yediot ahronot» gazetasi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp garovga olinganlarni ozod qiliş marosimiga yetib keldi. Keyinçalik u tinçlik şartnomasini imzolaşda iştirok etiş uçun Misrga borişni rejalaştirmoqda.
Öt oçişni töxtatiş va garovga olinganlarni ozod qiliş taklif qilingan tinçlik rejasidagi birinçi qadamdir, deya xabar beradi Associated Rress. Keyingi qadamlar böyiça qarama-qarşi talablar saqlanib qolmoqda, bu esa mojaro haqiqatdan ham tugaganmi yoki yöqmi degan noaniqlikni keltirib çiqaradi.












