Kuba AQŞning Ukrainadagi uruşga aloqadorligi va fuqarolarini jangga jönatgani haqidagi ayblovlarini rad etib çiqdi. «Kuba AQŞ ma’muriyati tomonidan Kubaning Ukrainadagi harbiy mojaroda iştirok etgani haqidagi soxta ayblovlarni rad etadi», — deyiladi mamlakat TIV e’lon qilgan bayonotda.

Xabarda qayd etilişiça, 2023 yil sentabridan buyon Kuba fuqarolarining frontga jönatilgani haqidagi xabarlar ortidan 26 kubalik yollanma faoliyati uçun 5 yildan 14 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilingan.

«Biz Kuba fuqarolari Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida Rossiya qöşinlari tomonida jang qilayotgani haqidagi ma’lumotlardan xabardormiz», dedi AQŞ Davlat departamenti vakili. Unga köra, «Kuba rejimi öz fuqarolarini Rossiya-Ukraina uruşida foydalanişdan himoya qila olmadi».

Avvalroq, çet ellik askarlarni qurollarini topşirişga çaqiruvçi Ukrainaning «Xoçu jit» taşabbusi 2023 yil boşidan beri Rossiya tomonidan yollangan 1000 dan ortiq kubalik yollanma askarlar haqida ma’lumotga ega ekanligini da’vo qilgan edi.