Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar Rossiya–Ukraina uruşining borişidagi sönggi tendensiyalar yuzasidan munozaraga kirişdi.

Anvar Yöldoşev: Hozir front çiziği taxminan 1 200 kilometrga çözilgan va ikkala tomondan ham hujumlar davom etmoqda. Ayrim hududlarda Ukraina Rossiya egallab olgan hududlarini qaytarib olişga urinyapti. Rossiya esa Xarkov tomonida oldinga yurişga intilyapti. Umuman olganda, katta siljişlar yöq, front nisbatan barqaror qolmoqda.

Har ikki tomon ham yutuqlarni da’vo qilyapti. Rossiya ba’zi hududlarni egallaganini, Ukraina esa Donbass va boşqa joylarda kiçik qişloqlarni qaytarib olganini bildiradi. Hozirgi holatni umumlaştirib aytganda, 2025 yilda Rossiyaning hozirgaça egallagan maydoni taxminan 4 900–5 000 kvadrat kilometr atrofida ekan, biroq ba’zi joylarda ular hududlarni qaytarişga majbur bölgan.

Şuhrat Rasul: Xalqaro uruşni örganayotgan taşkilotlar va Ukraina iddaolariga köra, 2022 yil noyabridan hozirgaça Rossiya Ukrainadan taxminan 5 842 kvadrat kilometr hududni qöşimça ravişda egallagan. Bu Ukraina umumiy maydonining 0,97 foiziga teng. Bu haqda hatto prezident Putin ham bayonot berdi.

Endi uruş paritetli va simmetrik şaklga kirdi. Bu degani, teng uruş ketyapti. Avval uruş asosan Ukraina hududiga zarba beriş şaklida bir tomonlama ketayotgan edi, hozir esa ikkala tomondan ham bir-biriga teng javob beriş imkoniyati paydo bölmoqda. Ukraina ham Rossiyaga nisbatan teng darajada zarba beriş imkoniyatiga ega bölyapti. Ukrainaning uzoq masofaga uçuvçi dronlari hamda raketalari soni va imkoniyatlari kundan kunga oşmoqda.

Bu faqatgina AQŞ berişi kutilayotgan “Tomahawk” raketalari masalasi emas, hamkorlar tomonidan boşqa turdagi harbiy yordam ham yuborilyapti. Bu qurollarning yetkazilişi Ukraina tomoniga sifat jihatidan Rossiyaga nisbatan teng kuraşiş imkonini beradi, ya’ni uruş paritetli va simmetrik xarakter kasb etmoqda.

Uruş davomida Rossiya Ukrainadagi kommunikatsiya markazlari, energetika infratuzilmasi va iqtisodiy obektlarga zarba berib, katta zarar yetkazgan edi, endilikda Ukraina ham şunga munosib javob bera oliş kuçiga ega bölyapti. Misol tariqasida, hozirda Ukraina özida mavjud dronlardan foydalanib, Rossiyaning ayrim neft korxonalariga jiddiy zarba berganini qayd etiş mumkin. Bu imkoniyatlar va zarbalarning kuçi keyingi davrlarda yanada oşişi kutilmoqda. Natijada agar uruş davom etsa, faqat Rossiyaning hujumlariga asoslangan faza ortda qolib, raqobat va özaro zarbalar bilan xarakterlangan yangi bosqiç, ya’ni qisman paritetli va simmetrik uruş bosqiçi kuçayişi ehtimoldan yiroq emas.