Jahon | 00:22 / 13.10.2025
3276
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh Xitoyga zarar yetkazmoqchi emasligini aytdi

9 oktyabr kuni Xitoy savdo vazirligi 8 noyabrdan boshlab nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash jihozlari, nodir metallar bilan bog‘liq xomashyo, litiy batareyalar va sun’iy grafitdan tayyorlangan anod materiallar eksporti ustidan nazoratni kuchaytirishini e’lon qilgandi.

Foto: AP Photo

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan yangi savdo nizosi borasida xavotirlanmaslikka chaqirdi

“Xitoy haqida xavotirlanmang, hammasi yaxshi bo‘ladi! U (Si Jinping) o‘z mamlakatiga iqtisodiy tushkunlikni istamaydi – men ham. AQSh Xitoyga zarar yetkazmoqchi emas, balki yordam bermoqchi", — deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

9 oktyabr kuni Xitoy savdo vazirligi 8 noyabrdan boshlab nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash jihozlari, nodir metallar bilan bog‘liq xomashyo, litiy batareyalar va sun’iy grafitdan tayyorlangan anod materiallar eksporti ustidan nazoratni kuchaytirishini e’lon qilgandi. 

Buning ertasigayoq Donald Tramp AQSh hukumati Xitoydan import qilinadigan barcha mahsulotlarga 1 noyabrdan amaldagi bojlardan tashqari 100 foizlik bojlar joriy etilishini ma’lum qildi

U shuningdek, barcha muhim dasturiy ta’minot eksportiga ham cheklovlar joriy qilinishini aytdi. 

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid