AQŞ prezidenti Donald Tramp 13 oktyabr kuni Isroil parlamentida (Knesset) nutq sözladi va Isroilga taşrifini özi uçun katta şaraf deb atadi. Uning nutqi olqişlar bilan kutib olindi.

Tramp sözlariga köra, HAMAS tinçlik rejasida közda tutilgan qurolsizlaniş bandini bajaradi. «HAMAS qurolsizlaniş rejasini bajarişga rozi böldi», dedi Amerika yetakçisi. Şuningdek, Tramp Ğazo sektoridagi mojaro tugagani haqida bayonot berdi: «Uruş tugadi».

Knesset spikeri Amir Oxana: «Biz spiker Mayk Jonson bilan birgalikda butun dunyo yetakçilarini kelgusi yilda Tinçlik uçun Nobel mukofotiga nomzodingizni ilgari surişga çaqiramiz. Sizdan munosibroq odam yöq, prezident Tramp», dedi.

Isroil muxolifati yetakçisi Yair Lapid: «Bu dunyoda ezgulik va zulm bor. Qaçonki siz HAMAS, Hizbulloh yoki Eron rejimi tarafida bölsangiz, demak siz zulm tarafidasiz. Isroil tarafida bölsangiz, adolat tarafidasiz», dedi.

Knesset a’zolari Ayman Odex va Ofer Kassiv Tramp nutqi paytida «genotsid» yozuvi tuşirilgan plakatni kötarganidan keyin zaldan çiqarib yuborildi.

Tramp: «Biz Isroilga köp qurol berdik. Bibi (Netanyahu) menga qönğiroq qilib, u yoki bu qurolni söradi - men ularni tayyorladim. Ular eng yaxşi va siz ulardan yaxşi foydalandingiz. Bu tinçlikka olib keldi», dedi.

Tramp: «Ğazoni zudlik bilan demilitarizatsiya qiliş rejasini butun mintaqa qöllab-quvvatladi. HAMAS qurolsizlantiriladi. Isroil xavfsizligiga endi heç qanday şaklda tahdid bölmaydi», dedi.

Avvalroq, HAMAS garovda tirik qolganlarni Isroilga topşirgan edi: birinçi guruhga 7 kişi, ikkinçisiga 13 kişi kiritilgan.

Bitim şartlariga köra, garovga olinganlar evaziga isroilliklarni öldirgani uçun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 250 nafar falastinlik mahbus, şuningdek, uruş boşlanganidan beri hibsga olingan 1700 kişi Isroil qamoqxonalaridan ozod qilinişi kerak.