Kuz kirib, havo harorati pasaygan sari inson organizmi sovuq mavsumga moslaşa boşlaydi. Uşbu davrda turli virus va bakteriyalar faollaşib, gripp hamda ÖRVI kabi kasalliklar köpayadi. Ayniqsa, bolalarda nafas yöllari infeksiyalari yilning boşqa fasllariga nisbatan köproq uçraydi. Bunday paytda aksar ota-onalar farzandlarini uy şaroitida ingalyatsiyadan foydalanib davolaşga urinişadi.
Oliy toifali şifokor Ravşanbek Umarovning aytişiça, ingalyatsiya – nafas yöllariga dorilarni töğridan töğri yuboriş usuli bölib, bolalar uçun foydali hisoblanadi. Uni asosan, nafas yöllari kasalliklari, bronxit, astma, tonzillit va ötkir respirator virusli infeksiyalar (ÖRVI) davrida qöllaş mumkin.
Mazkur davolaş usulining afzalligi şundaki, ingalyatsiya yöli bilan qilinadigan malham bemorga tez ta’sir körsatadi. Sababi u orqali dori moddalari bevosita hujayralarga yetib borib, xastalik alomatlari yengillaşadi.
Ingalyatsiyaning turlari har xil. Ulardan ba’zilari şifokor tavsiyasi bilan amalga oşirilsa, boşqalari uy şaroitida qöllanişi mumkin. Xususan, nebulayzer zamonaviy qurilma bölib, dorini aerozol (havoga purkaladigan, mayda zarraçalardan iborat tuman şaklidagi aralaşma) körinişiga keltiradi. U bolalar uçun eng maqbul vosita hisoblanadi. Foydasi şundaki, dorilar töğridan töğri nafas yöllariga tuşib, tez ta’sir körsatadi. Nebulayzerga şifokor tavsiyasi asosida berilgan maxsus dori vositalarini qöşiş mumkin.
Buğli ingalyatsiya esa odatda şör va dorivor moddalar qöşilgan suv yordamida işlatiladi. U ösmir bolalar uçun samarali hisoblansa-da, kiçik yoşdagi bolalarga ehtiyotkorlik bilan qöllaş lozim.
Aerozolli ingalyatsiya maxsus flakonlarda tarqatiluvçi dorilar bilan amalga oşirilib, astma va allergik reaksiyalar uçun işlatiladi.
Ba’zi bemorlarga ingalyatsiya qiliş tavsiya etilmaydi. Jumladan, tana harorati 38°S va undan yuqori bölganda, öpka yoki yurak faoliyatining oğir buzilişlarida foydalaniş mumkin emas.
Ingalyatsiya uçun dorilar aniqlangan kasalliklarga muvofiq şifokor tomonidan tanlanişi zarur. Muolajani ötkazişda quyidagi qoidalarga amal qiliş kerak:
- bola tinç holatda bölişi va töğri nafas olişi;
- ingalyatsiyani taomlanişdan kamida 1 soat oldin yoki keyin ötkaziş;
- muolaja vaqti 5-10 daqiqadan oşmasligi;
- nebulayzer tozaligiga e’tibor beriş va uni har bir qöllaşdan söng yuviş zarur.











