Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful AQŞ prezidenti Donald Trampni Ğazo sektorida vositaçilik qilişdagi muvaffaqiyatidan söng Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Rossiyaning Ukrainadagi uruşini tugatiş uçun bosimni kuçaytirişga çaqirdi. Bu haqda Germaniya taşqi işlar vaziri 13 oktyabr, duşanba kuni bolgariyalik hamkasbi Georg Georgiyev bilan Sofiyada bölib ötgan uçraşuvda ma’lum qildi.

Vadefulning sözlariga köra, Tramp «Ğazo sektori böyiça uşbu kelişuvga erişişga hal qiluvçi hissa qöşgan». «Germaniya esa uni (Oq uy rahbari) endi Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralarga erişiş yölidagi sa’y-harakatlarini davom ettirişga çaqiradi», — deya vazirning sözlaridan iqtibos keltirgan dpa axborot agentligi.

Berlin «Amerika ma’muriyatiga katta umid boğlaydi, çunki prezident Tramp dunyoning turli burçaklarida tinçlik bitimlari tuzişdan manfaatdor ekanligini işonçli tarzda namoyiş etdi», dedi Yoxann Vadeful. Uning fikriça, «harbiy harakatlar yana kengroq miqyosda avj olişidan oldin, hozir Ukrainada yangi yutuq qiliş uçun barça sa’y-harakatlarni amalga oşiriş kerak».

Georgiyev, öz navbatida, Qora dengiz Ukraina bilan çegaradoş hudud bölib, u yerda uruş ketayotganini eslatdi. «Bizning maqsadimiz Qora dengizning NATO va Yevropa Ittifoqi kun tartibida tobora muhim örin egallaşini ta’minlaşdir», dedi u. Bolgariya mintaqada barqarorlikni saqlaşdan juda manfaatdor, deya qöşimça qildi vazir.