Nizom imtiyozli şartlarda pensiyaga çiqiş huquqini beruvçi işlab çiqarişlar, muassasalar, işlar, kasblar, lavozimlar va körsatkiçlarning röyxatiga  özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça hujjatlarni taqdim etişda yagona talablarni belgilaydi.

Zararli va (yoki) xavfli işlab çiqariş omillariga ega bölgan işlab çiqarişlar, muassasalar, işlar, kasblar, lavozimlar va körsatkiçlarni röyxatga kiritiş zarurati haqidagi xodimlarning takliflari ikki nusxada tayyorlanib, iş beruvçi hamda korxona kasaba uyuşmasi qömitasi yoki xodimlarning boşqa vakillik organiga yuboriladi.

Röyxatga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça takliflarni tayyorlaş va iş beruvçiga taqdim qiliş uçun komissiya quyidagilarni tekşiradi, jumladan:

🔹 iş joyining rejasi işlab çiqarişlar, işlar va uskunalar joylaşgan korxonaning boş loyihasiga mosligini;
🔹 texnologik jarayonga, uskunalarni işlatiş böyiça qoidalarga rioya etilganini, jihozlar, asboblar va uskunalar sozligini;
🔹 jamoa va şaxsiy himoya vositalarining mavjudligi va yaroqliligi, himoya kiyimining mavjudligi va mosligini;

Tekşiriş vaqtida aniqlangan mehnat şaroitlarining belgilangan me’yorlarga nisbatan buzilişi holatlari va kamçiliklar attestatsiya ötkazilişiga qadar bartaraf etiladi.