Payşanba kuni Indoneziya huquqiy işlar vaziri Yusril Ihza Mahendra isroillik sportçilarning mamlakatga kirişiga ruxsat berilmasligini aytdi.

«Hukumat Jakartada bölib ötadigan badiiy gimnastika böyiça jahon çempionatiga boriş niyatida bölgan isroillik gimnastikaçilarga viza bermaydi», — deya AP agentligi Mahendraning sözlaridan iqtibos keltirmoqda.

Isroil gimnastika federatsiyasi yakşanba kuni Indoneziyaning öz sportçilarining jahon çempionatida iştirok etişiga tösqinlik qilgan qarori ustidan şikoyat qilib, dunyodagi eng katta musulmon davlatining harakatini «ğazablanarli» deb atadi.

Janubi-Şarqiy Osiyo davlati juma kuni Isroilning Ğazodagi uruşi tufayli isroillik gimnastikaçilarga vizani bermaganini ma’lum qildi. Isroil terma jamoasi 19-25 oktyabr kunlari Jakartada bölib ötadigan badiiy gimnastika böyiça jahon çempionatida iştirok etişi kerak edi.

Yusril Ihza Mahendraning aytişiça, bu qaror Islom ulamolari kengaşi va Jakarta mahalliy hukumati kabi guruhlarning e’tirozlariga asoslangan.

Uning qöşimça qilişiça, bu harakat Indoneziyaning uzoq yillik siyosatiga mos keladi va u «Falastin davlatining mustaqilligi va töliq suverenitetini» tan olmagunça Isroil bilan diplomatik aloqalar örnatmaydi.