TIV ma’lumotiga köra, muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinib, quyidagi kelişuvlarga erişildi:

- migratsiya va mobillik sohasidagi hamkorlik töğrisidagi bitim loyihasi böyiça muzokaralarni davom ettiriş, bu orqali mazkur yönalişdagi özaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş;
- diplomatik pasport egalariga viza beriş tartibi yuzasidan hukumatlararo kelişuvni işlab çiqiş;
- Özbekistonning vakolatli organlari tomonidan berilgan apostillarni tan oliş masalasini qayta körib çiqiş;
- Özbekiston fuqarolariga vizalarni Ostona şahridagi Avstriyaning diplomatik vakolatxonasi orqali rasmiylaştiriş imkoniyatini körib çiqiş.

Tomonlar uşbu maslahatlaşuvlar ikki mamlakat örtasidagi konsullik va gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişini ta’kidladi.