Poytaxt jamoat transporti tizimini rivojlantiriş, ekologik toza va energiya tejamkor transport vositalarini joriy etiş maqsadida Yutong kompaniyasida işlab çiqarilgan 202 dona zamonaviy elektrobuslarning ramziy kaliti «Toşşahartransxizmat» AJ rahbariga topşirildi.

Bugungi kunda jamiyat tomonidan 163 ta avtobus yönalişida, şundan 92 tasi boğlovçi, 14 tasi halqa, 11 tasi magistral, 46 tasi yetkazib beruvçi yönalişlarda kuniga 1 556 ta avtobus qatnamoqda. Ularning örtaça oraliq intervali 10–12 daqiqa, kunlik qatnovlar soni esa 22 318 marotabani taşkil etadi.

2025 yilning II çoragida poytaxt jamoat transporti orqali kunlik yölovçi taşiş hajmi 1,4 million kişiga yetkazildi, xizmat hajmi 27 foizga oşgan.

Şuningdek, yönalişlarning umumiy uzunligi 2 945 kmdan 2 990,8 kmgaça kengaytirildi, bu esa jamoat transportining örtaça tezligini 18 km/soatdan 21 km/soatgaça oşişiga imkon berdi.

2025 yilda xarid qilingan 202 dona elektrobus va ular uçun 100 dona quvvatlaş uskunalari tufayli jamiyatdagi ekologik toza transport uluşi sezilarli oşadi.

2030 yilgaça bölgan rivojlaniş strategiyasiga muvofiq, jami 1 200 dona elektrobus xarid qilinişi rejalaştirilgan bölib, buning natijasida jamoat transporti parkidagi elektrobuslar uluşi 50 foizdan 63 foizgaça yetadi.