Bugun, 15 oktyabrdan Özbekistonda tozalik va ozodalik oyligi boşlanadi.
Oylik davomida barça mahallalar, maktab va maktabgaça ta’lim muassasalari, köçalar, aholi turar joylari hududlarida tozalik işlari amalga oşiriladi. Şuningdek, volontyorlar, yoş eko-faollar iştirokida turli tozalik aksiyalari, plogginglar taşkil etiladi.
Bundan taşqari, ayni damda Ekologiya vazirligi, Boş prokuratura, Milliy gvardiya hamda Içki işlar xodimlaridan iborat maxsus ştablar taşkil qilinmoqda. Bu ştablar tomonidan har bir viloyat, tuman va şaharlarda qat’iy ekologik nazorat örnatiladi hamda jamoatçilikka kundalik ma’lumot berib boriladi.
Oylik davomida ekologik huquqbuzarliklarga qarşi doimiy reyd tadbirlari amalga oşiriladi. Vazirlik tomonidan respublikaning barça hududlariga onlayn kuzatuv kameralari örnatilgan bölib, uşbu kameralar nazorati yanada kuçaytiriladi.
Ekologiya vazirligi barçani tozalik va ozodalik oyligida faol iştirok etişga, duç kelgan joyga çiqindi taşlamaslikka, ogohlikka çaqirmoqda.
Atrof-muhitni ifloslantiriş bilan boğliq huquqbuzarliklarga guvoh bölsangiz, Ekologiya vazirligining (71) 207-11-07, (71) 207-11-08 telefon raqamlari, 1157, 1207 qisqa raqamlari yoki @ecogovuz_bot orqali xabar bering, deyiladi vazirlik murojaatida.











