Falastinning HAMAS harakati Isroilga garovga olingan yana tört kişining jasadini topşirdi. Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) va Umumiy xavfsizlik xizmati (ŞABAK) hamrohligida halok bölgan garovga olinganlarning jasadi bölgan törtta tobut çegarani kesib ötdi va Tel-Avivdagi Milliy sud ekspertizasi markaziga yöl oldi, u yerda şaxsni aniqlaş jarayonlari ötkaziladi. Bu haqda 14 oktyabr, seşanba kuni keçqurun Isroil armiyasi ma’lum qildi. TSAHAL vakillari marhumlarning oilalariga hamrohlik qilmoqda.
Jasadlarni topşiriş Isroil hukumati AQŞ prezidenti Donald Tramp rejasi böyiça kelişuvlar amalga oşirilmasa, Ğazo sektoriga yuboriladigan gumanitar yordam yuk maşinalari sonini ikki barobarga qisqartirişini ma’lum qilganidan keyin amalga oşirildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Ğazo sektorida jami 28 nafar halok bölgan garovga olinganlarning jasadi qolgan. 13 oktyabr kuni keçqurun HAMAS jangçilari marhumning qoldiqlari bölgan dastlabki törtta tobutni Isroil tomoniga topşirdi. Öşa kuni ertalab tirik qolgan 20 nafar garovga olinganlarning barçasi ozod qilindi va Isroilga qaytarildi. Ğazoda yana 20 ta jasad qolmoqda.
Times of Israel naşrining yozişiça, HAMAS garovga olingan yana tört kişining jasadini 15 oktyabr kuni qaytarişga va’da bermoqda.












