Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Hamas–Isroil sulhi

Hamas seşanba kuni Isroilga yana bir guruh garovdagilarning jasadlarini topşirdi. Bu voqea AQŞ prezidenti Donald Tramp Ğazo uruşini tugatiş rejasini e’lon qilganidan beri qayd etilgan birinçi ijobiy siljişlardan biri sifatida baholandi. Hamas hozirgaça jami 8 ta tobutni topşirdi, kamida 19 kişi ölik, yana biri bedarak deb hisoblanmoqda.

Jasadlar topşirilgaç, Isroil yordam sifatida Ğazoga kirişga ruxsat etiladigan humanitar yuk maşinalari sonini yarmiga kamaytirişini bildirdi. Tel-Aviv bu qarorni Hamasning «ötgan hafta tuzilgan sulh kelişuviga binoan jasadlarni topşiriş böyiça majburiyatni buzgani» bilan izohladi.

Trampning tinçlik rejasiga doir istiqbol esa yanada qoronğilaşdi: prezident Hamas qurolsizlanmasa, AQŞ harbiy zarbalar uyuştirişini aytdi.

«Agar ular qurolsizlanmasa, biz ularni qurolsizlantiramiz. Bu tez va ehtimol zöravon tarzda sodir böladi», - dedi Tramp Oq uyda.

Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahu esa uruş Hamas qurollarini topşirib, Ğazo ustidan nazoratdan voz keçmagunça tugamaydi, degan pozitsiyasini takrorladi.

Isroil armiyasi seşanba kuni Xalqaro Qizil Xoç orqali Ğazo şimolidagi almaşuv punktida 4 tobutni qabul qilib olganini bildirdi. Tobutlar Isroil askarlari kuzatuvida çegara orqali olib ötildi va ekspertizaga jönatildi. Hamas ham bu jarayonni tasdiqladi.

Isroil rasmiylari aytişiça, Hamas jasadlarni vaqtida topşirmagani uçun çorşanbadan boşlab Ğazoga kiradigan yordam maşinalari soni ikki baravarga kamaytiriladi va Misr bilan janubiy çegara ötiş joyini oçiş rejasi keçiktiriladi.

Reutersʼning yozişiça, Isroil dron zarbalari natijasida Ğazo şahri şarqidagi mahallalarda 5 falastinlik halok bölgan, yana bir kişi Xon-Yunus yaqinida havo hujumida öldirilgan. Hamas Isroilni sulhni buzganlikda aybladi. Isroil armiyasi esa «sulh çiziğini kesib ötib, ogohlantirişga qaramay yaqinlaşgan» kişilarga öt oçganini bildirdi.

Bu orada qayta safarbar qilingan Hamas a’zolari Ğazoda nazoratni qayta tiklaşayotganini namoyiş qildi — ular yuzlab xavfsizlik kuçlarini köçalarga joylaştirib, sektor hududida tinçlikni ta’minlaşga harakat qilmoqda.