Uçraşuv avvalida mehmon Özbekiston rahbariga Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va valiahd, boş vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston-Saudiya köp qirrali hamkorligi va keng kölamli şerikligini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Samarali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Barça darajadagi aloqalar faollaşdi. Özaro savdo hajmi, töğridan töğri investitsiyalar va qöşma korxonalar soni ortib bormoqda. Ikki davlat örtasidagi aviaqatnovlar köpaydi.
Qöşma loyihalar portfeli 27 milliard dollarga yetdi. "ACWA Power" kompaniyasi bilan energetika sohasida 15 milliard dollarlik qator yirik loyihalar amalga oşirilmoqda.

Kuni keça Toşkent şahrida ötgan Hukumatlararo komissiya va Işbilarmonlar kengaşining navbatdagi yiğilişlarining samarali natijalari, ular doirasida yangi bitim va şartnomalar imzolangani yuksak baholandi.

"Yaşil" energetika, qişloq xöjaligi, elektrotexnika, köçmas mulk, mamlakatimiz hududlarida infratuzilmani modernizatsiya qiliş va boşqa ustuvor yönalişlardagi loyiha va taşabbuslarni tez fursatda amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.











