Prezident Şavkat Mirziyoyev 15 oktyabr kuni Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida bölib, Şota Rustaveli köçasida amalga oşirilgan rekonstruksiya işlarini közdan keçirdi.
Şota Rustaveli köçasi poytaxtning bir neça tumanlarini boğlovçi markaziy yöldir. Transportlar harakatiga qulaylik yaratiş maqsadida uning Mirobod köçasidan Çoştepa köçasigaça bölgan qariyb 7 kilometr qismi rekonstruksiya qilindi. Endi 10 ta qatnov qismiga bölingan yölning 6 ta tasmasida avtomobillar, maxsus ajratilgan 2 ta yönalişda avtobuslar harakatlanadi. Qolgan 2 ta yölak esa avtomobillar töxtab turişi uçun möljallangan.
Prezident davlat va jamoat taşkilotlari vakillari bilan birgalikda avtobusda yurib, qulayliklarni kördi, yölovçilar bilan suhbatlaşdi.


Ta’kidlanişiça, köça örtasida rivojlangan mamlakatlarning ilğor tajribasidan kelib çiqib, BRT (Bus Rapid Transit) tizimi asosida ajratilgan avtobus yölagi Toşkent şahrida birinçi bor amaliyotga tatbiq qilindi.
Umumiy qiymati 19,2 million dollarlik uşbu loyiha natijasida yölovçi oqimi soatiga 2500 dan 6000 kişiga ortdi. Şuningdek, sutkasiga 40 mingta avtomobil ötkaziş imkoniyati yaratilib, örtaça tezlik soatiga 23 kilometrdan 30 kilometrga yetkazildi.
Loyiha doirasida avtobuslar töxtaşi uçun 21 ta yangi bekat, 463 ta «aqlli» svetofor örnatildi. Intellektual transport tizimi joriy etildi. Yöl böyida avtomobillar töxtab turişi uçun ham şaroit inobatga olingan.

Şuningdek, velosiped yölaklari, yaşil hududlar, suğoriş va drenaj tizimlari barpo etildi.
Şu yerda Toşkent şahrida alohida ajratilgan avtobus yölaklarini uzaytiriş, şahar atrofida transport boğlamalari taşkil etiş loyihalari taqdimot qilindi.
– Agar metro yöllari qurmaganimizda, yangi avtobuslar olib kelmaganimizda bugun Toşkentda transport qatnovi qiyin bölardi. Şuning uçun odamlarni rozi qiliş nuqtai nazaridan yöllarni töğrilayapmiz, jamoat transportini rivojlantiryapmiz. Bunday işlarni barça şaharlarimizda davom ettiramiz, dedi Şavkat Mirziyoyev.













