Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyaga taşrifi doirasida “Yangi Özbekiston — ulkan imkoniyatlarga ega katta mamlakat” mavzusidagi davra suhbati iştirokçilari bilan uçraşdi.

«Özbekiston Buyuk Britaniya biznesi uçun ham jozibador makonga aylandi — bugungi kunda yurtimizda uşbu mamlakatning 270 dan ortiq kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Britaniyalik hamkorlarning qiziqişi ortib borayotganidan mamnunman va ularning iqtisodiyotimizdagi iştiroki tobora kengayib borişiga işonaman», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Londonda taşkil etilgan round-şou davomida Buyuk Britaniya Ğaznaçiligi iqtisodiy kotibi Lyusi Rigbi bilan ham uçraşuv ötkazildi.

«Rigbi xonimga “Yangi Özbekiston – ulkan imkoniyatlarga ega katta mamlakat” nomli tadbirimizda iştirok etgani va uni qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorlik bildiraman. Özbekistondagi islohotlar va mamlakatimizning JSTga a’zo bölişi yuzasidan fikr almaşdik. Yurtimiz taraqqiyotidagi uşbu muhim bosqiçni Buyuk Britaniya hukumati töliq qöllab-quvvatlayotgani quvonarlidir», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.