Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad al-Şar’a 15 oktyabr kuni rasmiy taşrif bilan Moskvaga keladi va bu safar Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşadi. Bu haqda 14 oktyabr, seşanba kuni Suriyaning SANA davlat axborot agentligi xabar berdi.

Bu Suriyaning sobiq prezidenti Başar Asad öz rejimi ağdarilganidan keyin Rossiyaga qoçib ketganidan keyin al-Şar’aning Rossiyaga ilk taşrifi böladi. Suriya va rossiyalik siyosatçilar mintaqaviy va xalqaro masalalarni, şuningdek, Damaşq va Moskva örtasidagi hamkorlik yöllarini muhokama qiladi, deya aniqlik kiritdi agentlik.

Al-Şar’a 15 oktyabr kuni Moskvada bölib ötişi kerak bölgan Rossiya-Arab sammitida iştirok etişni rejalaştirgan edi. AQŞ prezidenti Donald Trampning Ğazo böyiça rejasidagi özgarişlar tufayli sammit qoldirildi. Şunga qaramay, al-Şar’a taşrifni bekor qilmaslikka qaror qildi.

Taşrif davomida u Rossiyadagi suriyalik diasporasi vakillari bilan ham uçraşişi kutilmoqda, deb xabar berdi dpa agentligi.