2026 yil boşidan işga tuşadigan yangi tizim EHFlarni real vaqt rejimida avtomatik baholaydi. Bu prezidentning 2025 yil 4 sentabrdagi PF-153-sonli farmonida nazarda tutilgan. Soliq qömitasi bu qanday işlaşini tuşuntirib berdi.

“Tizim xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda işlab çiqilgan bölib, EHF rasmiylaştirişda qonunbuziliş ehtimolini baholaş imkonini beruvçi kompleks mezonlar tahliliga asoslanadi”, - deyiladi Soliq qömitasi xabarida.

Rasmiy xabarga köra, mazkur yangi tizim soliq ma’muriyatçiligining raqamli transformatsiyasida muhim bosqiçga aylanişi va iqtisodiyotda yaşirin aylanmalar uluşini keskin kamaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Hujjatga köra, yangi tizim har bir EHFni yaratiş jarayonidayoq avtomatik tahlil qiladi va unga xavf darajasini belgilaydi. Agar yuqori xavf belgilari aniqlansa, EHFning maqomi xaridorga körsatiladi. Bu esa soliq oqibatlarini baholaş va hamkor tanlaşda ehtiyotkorlikni ta’minlaydi.

Hozirgi bosqiçda tizim sinov tariqasida işlamoqda va tadbirkorlik sub’yektlari yöl qöyayotgan yirik xatolar va qonunbuzilişlarni avtomatik ravişda aniqlaydi, ularga nisbatan heç qanday ta’sir çoralari qöllanmayapti.

Tizimda yuqori xavf darajasiga ega EHF böyiça quyidagilar nazarda tutiladi:

• ularning uluşi hisobot davrida rasmiylaştirilgan jami EHFlar sonining 10 foizidan oşmasligi;

• QQS summasi sotuvçi (yetkazib beruvçi) yoki xaridor (buyurtmaçi) tomonidan budjetga töliq tölangandan keyin hisobga olinişi.

Iyul oyidan boşlab Soliq qömitasining rasmiy veb-sayti va boşqa axborot kanallarida tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylaştiriş jarayonida yöl qöyilayotgan qöpol xatolar va soliq qonunçiligi buzilişi holatlariga oid misollar e’lon qilib borilmoqda. Bu holatlar yangi tizim yordamida aniqlanmoqda.

Şubhali operatsiyalar borasida misollar (nomlar özgartirilgan)

•  “Alfa” MÇJ nomli korxona çorvaçilik xöjaligi sifatida röyxatdan ötib, birinçi şartnomasi böyiça 896 mlrd sömlik qora metall realizatsiyasi uçun EHF rasmiylaştirgan.

• “Omega” MÇJ non mahsulotlari işlab çiqarişdan metall mahsulotlari savdosiga ötib, qisqa fursatda 326 mlrd sömlik EHF rasmiylaştirgan.