Isroilning Hamasga tahdidi, sulhga kelişgan Pokiston–Afğoniston va MRBning Venesueladagi operatsiyalari – kun dayjesti
|19:51 / 16.10.20254 00810 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Isroil uruşni qayta boşlaş bilan tahdid qildi
Hamas öz nazoratidagi barça halok bölgan isroillik garovdagilarning jasadlari topşirilganini, qolganlarini esa Ğazo vayronalari ostidan çiqariş uçun maxsus texnik vositalar zarurligini ma’lum qildi. Bu bayonot Isroilning agar sulh şartlari buzilsa, uruşni qayta boşlaş haqidagi tahdidlari ortidan bildirildi.
Çorşanba kuni keçqurun yana ikki jasad topşirildi. Bungaça Hamas 28 nafar halok bölgan garovdagi isroillikdan 7 nafarining jasadini topşirgan, Isroil esa sakkizinçi jasad garovdagilardan biriga tegişli emasligini bildirgan edi.
Al-Qassam brigadalari tarqatgan bayonotida şunday dedi:
«Biz özimizdagi barça tirik isroillik asirlarni, şuningdek, qölimiz yetgan jasadlarni topşiriş orqali kelişuvdagi majburiyatimizni bajardik... Qolgan jasadlarni topiş va çiqarib oliş esa katta sa’y-harakatlar hamda maxsus texnik vositalarni talab qiladi».
Bundan oldinroq Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats, agar Hamas kelişuvga rioya qilmasa, Isroil AQŞ bilan hamkorlikda jangovar harakatlarni qayta boşlaşi haqida aytgandi. Tramp ham Hamas kelişuvni bajarmasa, Isroilga jangni davom ettirişga ruxsat berişni körib çiqişini aytdi.
Şundan söng, AQŞning yuqori darajadagi maslahatçilari jurnalistlarga Hamas ölik garovdagilarning jasadlarini qaytariş majburiyatini bajarişga intilayotganini ma’lum qildi.
AQŞ maslahatçilarining aytişiça, Ğazo «butunlay vayron bölgani» bois jasadlarni topiş nihoyatda qiyin. Şu sababli, AQŞ va boşqa vositaçilar halok bölgan asirlarning jasadlarini topişda yordam berayotgan şaxslarga mukofot dasturini joriy etişni körib çiqmoqda. Turkiya esa Ğazoga jasadlarni qidiriş böyiça mutaxassislar yuboriş uçun muzokaralar olib borayotganini bildirdi.
Çorşanba kuni BMT kuzatuvçilari hamrohligida oziq-ovqat va yoqilği ortilgan yuk maşinalari Kerem Şalom çegarasidan Ğazoga kiritildi. Rafah ötiş punkti esa payşanba kuni qayta oçiliş arafasida, biroq Isroil Hamas jasadlarni juda sekin qaytarayotganini bahona qilib, yordamni çeklaşi mumkinligini ogohlantirdi.
Mavzuga oid
BMT va insonparvarlik taşkilotlari esa Isroildan «minglab yuk maşinalari»ni Ğazoga kiritiş uçun köproq ötiş punktlarini oçişni talab qilmoqda.
MRB Venesuelada maxfiy operatsiyalar ötkazadi
AQŞ prezidenti Donald Tramp 15 oktyabr kuni Markaziy razvedka boşqarmasiga Venesuelada maxfiy operatsiyalar ötkazişga ruxsat berganini tasdiqladi. Bu qaror AQŞning prezident Nikolas Maduro hukumatiga nisbatan bosimini keskin kuçaytiradi.
New York Times’ning AQŞ rasmiylariga tayanib yozişiça, Tramp ma’muriyatining bu strategiyasi Maduro rejimini hokimiyatdan çetlaştirişga qaratilgan. Yangi vakolat CIA'ga Venesuelada ölimga olib keluvçi maxfiy operatsiyalarni amalga oşiriş hamda Karib mintaqasida keng kölamli harakatlarni ötkaziş imkonini beradi.
Tramp jurnalistlarga bu qarorni ikki sabab bilan qabul qilganini aytdi:
«Men bu qarorni ikki sabab bilan berdim. Birinçidan, ular öz qamoqxonalarini böşatib, jinoyatçilarni AQŞga yuborişdi — ular çegaradan kirib kelişdi, çunki bizda oçiq çegara bor edi. Ikkinçidan — bu narkotiklar masalasi», - dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga.
U Venesuela tomonidan sobiq mahbuslar AQŞga yuborilayotgani haqidagi da’vosini heç qanday dalil bilan tasdiqlamagan.
Markaziy razvedka boşqarmasining bunday maxfiy operatsiyalardagi iştiroki tarixan turliça bölgan: ba’zida töğridan töğri qurolli harakatlarda, ba’zida esa razvedka va axborot yiğiş orqali, ya’ni minimal jismoniy iştirok bilan.
Venesuela hukumati Trampning bayonotini xalqaro huquqning qöpol buzilişi deb atadi. Rasmiy Karakas AQŞni mamlakatning neft resurslarini egallaş maqsadida «rejimni ağdariş» amaliyotini qonuniylaştirişga urinişda aybladi.
«Bizning BMTdagi doimiy missiyamiz ertaga Xavfsizlik Kengaşiga va boş kotibga uşbu şikoyatni taqdim etadi, AQŞ hukumatidan javobgarlikni talab qilamiz», - deyiladi Venesuela taşqi işlar vaziri Ivan Gil.
Aş-Şar’a Kremlda
Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad aş-Şar’a 15 oktyabr kuni ilk marta Moskvaga bordi, Kremlda uni Vladimir Putin kutib oldi.
«Mamlakatlarimiz örtasida köp yillar davomida alohida munosabatlar şakllangan», dedi Putin va Moskva Damaşq bilan munosabatlarda doimo Suriya xalqi manfaatlariga asoslanganini aytdi.
Putinning ta’kidlaşiça, Suriya xalqi bilan Rossiyaning ham çuqur aloqalari bor, «yuzlab, balki minglab odamlar özaro nikoh, döstlik riştalari bilan boğlangan».
Ahmad aş-Şar’a bunga javoban Rossiya «yangi Suriyani rivojlantirişda jiddiy rol öynaşini» aytdi.
Reuters manbalari avvalroq Suriya prezidenti uçraşuvda Moskvada yaşirinib yurgan sobiq prezident Başar Asadni ekstraditsiya etişni talab qilmoqçi ekani haqida xabar bergandi. Bundan taşqari, Ahmad aş-Şar’a Tartusdagi Rossiya harbiy-dengiz bazasi va Xumaymimdagi aviabazani saqlab qoliş böyiça muzokaralar olib borişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi Suriyadagi rasmiy manba. Şuningdek, u Rossiya ittifoqçisi Asadni suriyaliklarga qarşi jinoyatlar böyiça sud qiliş uçun rasman topşirişni söraydi, deb qöşimça qildi manba.
Rossiya va Suriya yetakçilari örtasidagi muzokaralar yopiq tarzda ötkazildi. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarovaning aytişiça, muzokaralarda Rossiyaning Suriyadagi «harbiy iştiroki masalasi», jumladan, «Rossiya harbiy obektlari funksionalini ehtimoliy qayta formatlaş kontekstida» muhokama qilinmoqda.
Pokiston va Afğoniston sulhga kelişdi
Pokiston va Afğoniston örtasida sönggi kunlarda kuçaygan havo hujumlari va yerda keçgan janglardan keyin, keça 15 oktyabr kuni vaqtinçalik öt oçişni töxtatiş töğrisida kelişuvga erişildi.
Çorşanba kuni sodir bölgan janglar Afğoniston va Pokiston örtasidagi notinç, da’vogar çegara hududida tinçlikni buzdi. Har ikki tomon qarşi hujumlarni birinçi bölib kim boşlagani borasida bir-birini ayblamoqda.
Xususan, Pokiston Afğonistonning Qandahor viloyatidagi Spin Boldak şahriga havo zarbasi uyuştirganini har ikki mamlakat rasmiysi tasdiqladi. Pokiston xavfsizlik xizmati vakillari bu zarba «Tolibon» brigadasi»ni nişonga olganini, önlab jangarilar halok bölganini bildirdi.
Sönggi keskinlik — Pokistonning «Tolibon» hukumatidan öziga hujumlarni kuçaytirayotgan jangarilarni jilovlaşni talab qilganidan söng yuzaga keldi. Islomobod ularni Afğoniston hududidan harakat qilayotganlikda aybladi.
«Tolibon» bu ayblovni rad etib, Pokiston armiyasini Afğoniston haqida notöğri ma’lumot tarqatişda, çegarada vaziyatni qözğatişda aybladi. Pokiston esa bu da’volarni rad etdi.
Pokiston taşqi işlar vazirligi bayonotida aytilişiça, ikki mamlakat çorşanba kuni soat 13:00 dan boşlab 48 soatlik «vaqtinçalik öt oçişni töxtatiş» rejimini joriy etişga kelişgan. Bayonotda sulh taşabbusi Kobul tomonidan bildirilgani qayd etilgan.
Afğoniston «Tolibon» hukumati matbuot kotibi Zabihulloh Mujohidning sözlariga köra, bu sulh «Pokiston tomonining talabiga binoan» e’lon qilingan. Unga köra, Afğon kuçlariga qarşi tomon hujum qilmagunça sulhga rioya qiliş buyruği berilgan.
Töqnaşuvlar xalqaro e’tiborni tortdi: Xitoy öz fuqarolari va investitsiyalarini himoya qilişni söradi, Rossiya sabr-toqatga çaqirdi, AQŞ prezidenti Donald Tramp esa mojaroni tugatişga yordam berişi mumkinligini aytdi.
Modi Rossiya neftini sotib olişni töxtatdi — Tramp
AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlarga bergan bayonotida Hindiston boş vaziri Narendra Modi unga Rossiya neftini import qilişni töxtatişga va’da berganini ma’lum qildi.
«U mening döstim, bizning ajoyib munosabatlarimiz bor… lekin biz ularning Rossiyadan neft olayotganidan mamnun emasdik, çunki bu Rossiyaga tentakona uruşni davom ettiriş imkonini berardi. Ular yarim million odamni yöqotişdi», - dedi Tramp Oval ofisda çiqiş qilib.
«Men Hindistonning Rossiyadan neft olayotganidan norozi edim va Modi menga Rossiyadan neft sotib olmasligini kafolatlaganini aytdi. Bu katta qadam. Endi biz Xitoyni ham şunga undaşimiz kerak», - deya qöşimça qildi Tramp.
Avgust oyida Tramp Rossiyadan neft va gaz import qilgani uçun Hindistonga 25 foizlik boj joriy etgan edi — bu avvalgi 25 foizlik tarifga qöşimça sifatida qöllangan.
Trampning sözlariga köra, Hindistonning Rossiya neftini xarid qilişni töxtatişi Ukrainadagi uruşni tezroq yakunlaşga yordam beradi.
Hindiston uzoq yillardan beri Rossiya xom neftiga tayanib keladi — bu mamlakatning tez ösib borayotgan iqtisodiyoti va 1,4 milliarddan ortiq aholisi uçun asosiy energiya manbalaridan biridir. Dunyoning eng köp aholiga ega mamlakati hozirda neft iste’moli böyiça dunyoda uçinçi örinda turadi.