Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Tramp va Putin Budapeştda uçraşmoqçi
AQŞ prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin payşanba kungi telefon suhbatida Ukrainadagi uruş böyiça navbatdagi sammit ötkazişga kelişib oldi.
Trampning aytişiça, u va Putin ikki soatdan ortiq davom etgan «samarali» telefon suhbatidan söng kelasi ikki hafta içida Budapeştda uçraşişlari mumkin. Kreml ham uçraşuv rejalaştirilayotganini tasdiqladi, biroq aniq sana keltirilmagan.
Kreml vakili Yuriy Uşakovning sözlariga köra, suhbat çoğida Putin Trampga uzoq masofali raketalarni Ukrainaga beriş tinçlik jarayoniga zarar yetkazişi va AQŞ-Rossiya munosabatlarini yomonlaştirişini aytgan.
Tramp keyinçalik Oq uyda jurnalistlarga «Butun umrim davomida men bitimlar qilganman. Bu safar ham biz buni tez orada hal qilamiz, degan umiddaman», dedi. Tramp–Putin uçraşuvidan oldin AQŞ davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov boşçiligidagi jamoalar kelasi hafta muzokara ötkazişi kutilmoqda.
Bu orada Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy juma kuni Oq uyga yöl olayotgani, u yerda AQŞdan yangi harbiy yordam, jumladan, uzoq masofali Tomahawk raketalarini söraşni rejalaştirgani bildirildi.
Sönggi kunlarda Oq uy Zelenskiyga yangi yordam berişga moyillik bildirayotgandek edi. Biroq Trampning Putin bilan telefon suhbati ortidan bildirilgan yumşoq ohang bu yordamning yaqin orada beriliş ehtimolini söroq ostiga qöydi. Yevropada AQŞning Moskvaga yon bosişi mumkinligi haqidagi xavotirlarni yana kuçaytirdi.
Tramp prezidentlikka kelganidan beri Rossiyaga qarşi çoralar haqida tez-tez ogohlantirgan, ammo Putinning har bir suhbati ortidan ularni keçiktirgan. Xususan, avgust oyida Alyaskada bölib ötgan sammitda Tramp sulhga erişmoqçi bölgandi, ammo natija bölmadi. Öşanda ayrim tahlilçilar Putin AQŞning imtiyozlarini «çöntagiga solib», uruşni töxtatiş niyati yöqligini aytgan, deya hazillaşgan.
Ğazoga xalqaro kuçlarni yuboriş masalasi örganilmoqda
Fransiya va Buyuk Britaniya AQŞ bilan hamkorlikda yaqin kunlarda BMT Xavfsizlik Kengaşida Ğazo uçun xalqaro kuç tuziş asoslarini belgilovçi rezolyutsiyani yakunlaş ustida işlayapti.










