13 oktyabr kuni Misrning Şarm-aş-Şayx şahrida Ğazodagi uruşni tugatiş böyiça sulh imzolandi. Kelişuv törtta vositaçi davlat örtasida tuzildi: AQŞ, Misr, Turkiya va Qatar. Xöş, endi Ğazoda tinçlik böladimi? Isroil va Hamas örtasida uruş butunlay töxtadimi? Afsuski, hali bunday xulosa çiqariş uçun juda erta.

Isroil har doim özini jabrdiyda qilib körsatişni yaxşi köradi. Bu – uning eng asosiy siyosiy texnologiyasi bölgan. Şu sababdan ham dunyoda ma’lum darajada antisemitizm saqlanib, ba’zan ösib borişidan Isroil siyosiy elitasi manfaatdor bölgan: “Mana körayapsizmi, qöşnilarimizning hammasi – antisemit, ayniqsa falastinliklar... Biz jon saqlaşimiz uçun agressiv bölişimiz kerak...”

Biroq oxirgi ikki yilda Isroilning global reputatsiyasi birinçi marta bu qadar pastga quladi. Hatto Isroil tarafdori bölgan Ğarb davlatlari ham undan masofa saqlay boşladi... Eng asosiy homiysi bölmiş AQŞ esa uni sulhga majburlab köndirdi.

Boş vazir Netanyahu asirlikdagi isroilliklarni ozod qiliş bahonasida uruşni davom ettirib kelayotgan edi. Uning uçun uruş – bu hokimiyatda ötiriş garovi edi. Sudlarni orqaga suriş, favqulodda holatni çöziş vositasi edi.

Umuman, Isroil elitasi va jamoatçiligining salmoqli qismini bosqinçilik siyosatiga qarşi deb bölmaydi. Aynan şu – uzoq muddatli tinçlikka rahna soluvçi fundamental omil bölib qolmoqda.

Ğazoliklar bu kelişuv bilan bir qança maqsadiga erişdi. Birinçidan, uruş töxtatildi. Ikkinçidan, Isroil qamoqlaridagi minglab ğazoliklar ozod böldi. Uçinçidan, Falastin zaminidagi tarixiy adolatsizlik va Falastin davlatçiligi masalasi global jamoatçilik kun tartibiga yana olib çiqildi.

Isroil esa misli körilmagan darajada yakkalandi, BMT va xalqaro sudlar darajasida genotsidda ayblandi.

Biroq hozirgi kelişuv – haqiqiy “tinçlik kelişuvi” emas. Çunki bu kelişuv falastinliklarning tarixiy haq-huquqlarini ta’minlaş, bu davlatni taşkil qiliş borasida real çoralar haqida gapirmaydi. Bu kelişuv – tarixiy adolatsizlikni davom ettiruvçi, Isroilning reputatsiyasini oqlovçi kelişuv. Töğri, Isroil ham bu kelişuvdan u qadar xursand emas. Biroq, falastinliklarning muammolari hal qilinmasdan turib, uzoq muddatli tinçlik haqida gapiriş imkonsiz.

Savol tuğiladi, nega Isroilning boş vazirlari, siyosiy elitasi, parlamenti Falastinga nisbatan, arablarga nisbatan har doim tajovuzkor bölgan? Netanyahuga qadar, Ariel Şaron ham, Ehud Olmert yoki Ehud Barak ham Falastin borasida heç qanday real kelişuvga, kompromissga borişmagan. Buning sababi – Isroil jamiyatidagi zehniyat, mentalitetda. Isroil – demokratik davlat, uning davlat boşqaruvi parlamentarizmga asoslangan. Isroilliklar har safar qaysi partiya va lider arablarga nisbatan, falastinliklarga nisbatan keskin siyosatni taklif qilsa, şu partiyaga ovoz bergan. Natijada, yillar davomida Isroil siyosiy hokimiyatiga eng agressiv siyosatçilar kelgan va kelmoqda. Çunki isroilliklarning katta qismi Falastin davlati tuzilişiga rozi emas, 1967 yilgi çegaralarga qaytiş niyatida emas. Mana şu kayfiyat – uraşlarning eng asosiy sababçisi, Isroil tomonidan tinçlikdan köra uruşga moyillikning boş sababi.