Vengriya Rossiya prezidenti Vladimir Putinni AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşiş uçun Budapeştga taşrifi çoğida Xalqaro jinoiy sud (XJS) orderi böyiça hibsga oliş tahdidi yöqligini aytdi. Bu haqda Vengriya taşqi işlar va taşqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi.

«Biz bu yerda Vladimir Putinni qabul qilamiz va uning muvaffaqiyatli muzokaralar ötkazişi, keyin esa uyiga qaytişi haqida qayğuramiz», dedi Siyyarto.

TIV rahbarining sözlariga köra, Vengriya rasmiylari AQŞ va Rossiya prezidentlari xavfsiz va tinç muhitda muzokaralar ötkazişi uçun barça şaroitlarni ta’minlaşga tayyor.

Siyyarto, şuningdek, Vengriya Putinning taşrifi va XJS orderi Rossiya prezidentining sammitga borişiga tösqinlik qiliş-qilmasligi haqida maslahatlaşişni rejalaştirmayotganini aytdi. «Bizga heç kim bilan maslahatlaşişga hojat yöq. Vengriya - suveren mamlakat», deb ta’kidladi u.

AQŞ prezidenti 16 oktyabr kuni Vengriyada Rossiya prezidenti bilan uçraşişini e’lon qildi. Muzokaralarning aniq sanasi hali yöq.

Vengriya 1999 yilda XJS asoslanadigan Rim statutini imzolagan va ikki yildan söng ratifikatsiya qilgan, biroq 2023 yilda mamlakat rasmiylari Putin taşrif bilan kelsa, uni hibsga olmasligini aytgan edi.

2025 yilda Vengriya hukumati Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuni mamlakatga taklif qildi, unga ham XJS orderi berilgan edi. Netanyahuning taşrifi fonida Vengriya Xalqaro jinoiy suddan çiqişini e’lon qildi. 2025 yil oktyabr holatiga köra, Vengriyaning XJSdan çiqiş jarayoni yakunlanmagan.

Putin 2024 yil sentabr oyida Möğulistonga, 2025 yil oktyabr oyida esa Tojikistonga taşrif buyurdi. Bu ikki davlat XJS Rim statutini ratifikatsiya qilgan. Biroq, Rossiya prezidenti qölga olinmadi.