Quyidagilarni nazarda tutuvçi yuridik şaxslarni xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritiş böyiça davlat xizmatini körsatişning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi:
- yuridik şaxslarni xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritiş uçun Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qiliş;
- xususiy bandlik agentliklarining reyestriga özgartiriş kiritiş tartib-taomillarini belgilaş;
- xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kirganlik böyiça guvohnoma namunasini tasdiqlaş.
Hukumat ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi:
- ayrim ma’lumotnomalarni oliş uçun jismoniy şaxsning yaqin qarindoşlari tomonidan bevosita murojaat qiliş imkoniyatini yaratiş;
- köçmas mulkni böliş hamda birlaştiriş va ularning yangi çegaralarini belgilaşda kompozit şaklda xizmat körsatişni yölga qöyiş;
- avtomobil transportida yölovçilarni taşiş faoliyatini boşlaş bilan boğliq tartib-taomillarda muddatlarni qisqartiriş;
- tadbirkorlik sub’yekti bölgan yuridik şaxslar rahbar ma’lumotlarini özgartiriş tartibini belgilaş;
- bolalarni davlat umumiy örta ta’lim muassasalariga qabul qilişda eskirgan tartibotlarni bekor qiliş;
- ayrim davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali körsatiş.











