Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukraina endi tinçlik rejasiga muhtojligini aytdi. Bu haqda siyosatçi 17 oktyabr, juma kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşuvidan söng Yevropaning boşqa yetakçilari bilan telefon suhbatidan keyin bayonot berdi.
Suhbat çoğida Yevropa yetakçilari, jumladan Mers, Germaniya hukumati vakili Ştefan Korneliusning sözlariga köra, «Rossiyani jiddiy muzokaralar olib borişga undaş» uçun Ukrainani qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga va’da berdi. Xususan, ular sanksiyalar va muzlatilgan Rossiya davlat aktivlaridan foydalaniş orqali Moskvaga bosimni kuçaytirişni rejalaştirmoqda.
«Volodimir Zelenskiy Germaniya va yevropalik döstlarimiz tomonidan tinçlikka erişiş yölida har tomonlama qöllab-quvvatlanadi», — deya Kornelius Mersning sözlaridan iqtibos keltirgan. Qayd etilişiça, Tramp bilan uçraşuvdan söng Yevropa yetakçilari Zelenskiy bilan keyingi harakatlarni muhokama qilgan va uning keyingi qadamlarini diqqat bilan kuzatiş niyatida.
Ukraina rahbari AQŞ prezidenti bilan uçraşuvidan söng va jurnalistlar bilan gaplaşişdan oldin yevropalik siyosatçilar bilan telefon orqali muloqot qildi. Brifingda Zelenskiy suhbatda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen, NATO boş kotibi Mark Ryutte, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb, şuningdek, Buyuk Britaniya, Italiya, Norvegiya va Polşa boş vazirlari iştirok etganini ta’kidladi.











