Xususan, yangi xalqaro aeroportlar qurilib, ularning soni 18 tagaça yetkazildi. Hududlarda 7 ta xalqaro aeroport zamon talablariga muvofiq ta’mirlanmoqda. Şuningdek, sayyohlar soni yildan yilga oşib borayotgani sababli, sohadagi yetakçi xorijiy ekspertlar va jamoatçilik vakillarini inobatga olgan holda Toşkent viloyatida yangi xalqaro aeroport ham barpo qilinmoqda.

Hozirda Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari, Qatar, Koreya, Xitoy, Hindiston, Malayziya, Turkiya, Rossiya, Polşa kabi davlatlarning 51 ta aviakompaniyasi Özbekistonga doimiy qatnovlarni amalga oşirmoqda. AQŞdan 22 ta zamonaviy Boeing samolyotining xarid qilinişi esa Özbekistonni Janubi-Şarqiy Osiyo, Yevropa, AQŞ va boşqa mintaqalar bilan boğlab, sayyohlar hamda işbilarmonlar uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Şu bilan birga, mamlakat içida temiryöl va avtomobil infratuzilmasi ham modernizatsiya qilinmoqda. Turistik yönalişlarni boğlovçi yangi qulay elektrpoyezdlar va tezyurar poyezdlar, elektrobuslar qatnovi yölga qöyilmoqda, avtobus parki hamda yölböyi infratuzilmasi mamlakat çekka hududlarini ham qamrab olgan turistik marşrutlar böylab rivojlantirilmoqda.