Samarqand şahrida bir oilaning 7 a’zosi halok bölgan portlaş böyiça gaz idorasi rahbari va uning 3 nafar xodimiga sud hukmi öqildi. Jinoyat işi JIB Samarqand şahar sudida sudya Zarifa Ahmedova raisligida körib çiqildi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.

Ma’lum bölişiça, dahşatli portlaş sodir bölgunga qadar xonadon egalari gaz hididan bezovta bölib, gaz idorasiga 11 marotaba murojaat qilgan. Biroq taşkilot mas’ullari bunga e’tiborsiz qaraşgan.

Sud hujjatlariga köra, 2024 yil sentabr-oktyabr oylarida Spitamen şohköçasi va 160-uy atrofidagi xonadonlarni gazlaştiriş işlari loyiha va texnik şartlarsiz amalga oşirilgan. Yollanma ustalar yordamida noqonuniy tarzda avtomobil yöli ostiga gaz quvuri yotqizilgan. Quvur tegişli xulosalarsiz va xavfsizlik qoplamasisiz yer ostiga tuşirilgani hamda tarmoqqa noqonuniy ulangani aniqlangan. Quvurda 7 ta teşik paydo bölib, tabiiy gaz markaziy oqova quduğiga sizib çiqqan. Oqibatda portlaş sodir bölgan.

Sudlanuvçilar – “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali Samarqand şahar bölimi rahbari va 3 xodimi Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi “a, b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Ularga 3 yil davlat iştirokidagi korxonalar va taşkilotlarda mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Şuningdek, portlaşdan zarar körgan fuqarolar foydasiga gaz ta’minoti korxonasidan qariyb 6 mlrd söm undiriş belgilangan.

2025 yil 8 maydan 9 mayga ötar keçasi Samarqand şahri “Boğisaroy” MFY, Spitamen köçasida joylaşgan uylarning birida portlaş sodir bölgandi. Uşbu portlaş oqibatida bir oilaning 7 a’zosi halok bölgan. Ularning jasadi vayronalar ostidan topilgandi.