Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Zelenskiy raketa söradi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 17 oktyabr kuni AQŞga mamlakatining Rossiyaga qarşi uruşini davom ettiriş uçun qurol sörab keldi. AQŞ prezidenti Donald Tramp Zelenskiy talab qilayotgan uzoq masofali raketalarini beriş ehtimolini inkor etmadi, biroq u bunga sovuq munosabat bildirdi, çunki yaqin haftalarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Vengriyada böladigan uçraşuvga tayyorlanayotganini aytdi.

Ukraina rahbari oçiqçasiga Trampdan raketalarni söradi. «Bizda Tomahawk yöq, şuning uçun bizga Tomahawk kerak», - dedi Zelenskiy.

Tramp esa aniq javobdan qoçdi: «Biz, albatta, sizga ular kerak bölmasligini xohlaymiz. Bizga ham Tomahawk kerak. Mamlakatimizni himoya qiliş uçun zarur bölgan narsalarni bermoqçi emasmiz», - dedi u.

Uçraşuvdan söng Zelenskiy uni «samarali» deb atadi, biroq uzoq masofali raketalar haqida gapirmasligini, AQŞ keskinlikni oşirişni istamayotganini va u öz imkoniyatlariga «real baho berayotganini» bildirdi.

Söng ular yopiq eşiklar ortida davom ettirgan suhbatda Tramp va Putin örtasida ötgan kundagi telefon qönğiroğini ham muhokama qildi.

Ikki soatdan ortiq davom etgan suhbatdan söng Tramp ham Ukrainaga, ham Rossiyaga «uruşni darhol töxtatiş»ni, zarurat tuğilsa, Ukraina hududidan voz keçişini ham talab qildi.

«Jang çiziğida töxtaysiz, ikkala tomon ham uylariga, oilalariga qaytişsin. Şunçaki qotillikni töxtating. Jang çiziğida töxtang. Men buni Zelenskiyga aytdim. Men buni Putinga ham aytdim», - dedi Tramp.

Biroq Zelenskiy sulhga erişiş naqadar qiyinligini ta’kidladi: «Biz xohlaymiz, lekin Putin xohlamaydi», - dedi u.

Hamas Ğazoda nazoratni saqlab qolmoqçi

Hamas Ğazoda oraliq davr mobaynida xavfsizlik nazoratini saqlab qoliş niyatida, ammo harakat qurolsizlanişga kafolat bera olmaydi, dedi Hamas siyosiy byurosi a’zosi Muhammad Nazzol Reutersʼga bergan intervyusida.