Xiva şahrida «Gilamlar jilosi» xalqaro körgazmasi oçildi, unda Özbekistonning barça viloyatlari, şuningdek, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston va Ozarboyjondan kelgan hunarmandlar va dizaynerlar öz mahsulotlarini namoyiş etmoqda.
Tadbir Xorazm viloyat xokimligi, «Hunarmand» uyuşmasi va Turizm qömitasi hamkorligida taşkil etilgan.

Festivalning maqsadi – ming yillik tarixga ega gilam töqiş san’atini, milliy naqşlar va bezaklarning ramziy ma’nosini, hamda bugungi zamonaviy dizayn bilan uyğunlaşuvini keng jamoatçilikka körsatiş.

Festival doirasida turli viloyatlarga xos gilamlar körgazmasi, qölda töqilgan tabiiy böyoqli gilamlar, madaniy dasturlar, kuy-qöşiqlar va xalq raqslari, «Gilam – tariximiz va bugunimiz» mavzusida konferensiya, milliy suvenirlar va xalq amaliy san’ati mahsulotlari yarmarkasi ötkaziladi.


Xalqaro körgazma doirasida «Özbek gilamdözligi: an’ana va innovatsiya» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani ötkazilişi ham közda tutilgan.

Körgazma 19 oktyabrda yakunlanadi.











