Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uzoq masofaga möljallangan Tomahawk qanotli raketalarini yetkazib beriş masalasini muhokama qilmasligini, çunki «AQŞ keskinlaşuvni istamasligini» aytdi. Bu haqda u jurnalistlarga 17 oktyabr, juma kuni Vaşingtonda AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan bölib ötgan uçraşuvdan söng ma’lum qildi.

«Biz bu haqda gaplaşmaslikka kelişib oldik. AQŞ eskalatsiyani istamaydi», dedi Zelenskiy. U, şuningdek, Ukraina bu raketalarni olmoqçi ekanligini ta’kidladi. Zelenskiy Tomahawk yetkazib beriş borasida optimistikmi yoki pessimistikmi, degan savolga Ukraina prezidenti «realist» deb javob berdi.

Zelenskiy, şuningdek, Tramp bilan Rossiyadagi energetika obektlariga zarba beriş masalasini muhokama qilmaganini qöşimça qildi. Biroq xavfsizlik kafolatlari muhokama mavzusi böldi: «Mamlakatimiz öt oçişni töxtatişga erişgan taqdirimizda ham Putinning tajovuzkorlik bilan qaytişiga yöl qöymaslik uçun AQŞdan xavfsizlik kafolati kerak bölişidan qörqadi».

Zelenskiy hududiy masalalarni Rossiya bilan uruşdagi eng qiyin masala deb atadi: «Ruslar haqiqatan ham butun hududni egallab olişni xohlaydi. Ammo öt oçişni töxtatişdan oldin hududlar va boşqa jihatlar böyiça ba’zi kelişuvlarga erişiş kerak. Menimça, birinçi qadam – öt oçişni töxtatişga erişiş muhim».

Zelenskiy Tramp bilan uçraşuvidan söng va jurnalistlar bilan suhbatdan oldin Yevropa yetakçilari bilan telefon orqali muloqot ötkazdi. Xususan, suhbatda Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb, şuningdek, Buyuk Britaniya, Italiya, Norvegiya, Polşa boş vazirlari hamda NATO boş kotibi Mark Ryutte iştirok etdi.