AQŞ va Ukraina prezidentlari 17 oktyabr kuni Oq uyda tor doirada uçraşuv ötkazdi. Ukraina tomoni uçun taşrifning asosiy maqsadi Donald Trampdan Rossiyaning içkarisidagi nişonlarga zarba bera oladigan uzoq masofali Tomahawk raketalarini yetkazib berişga erişiş edi. Amerika yetakçisi Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuv oldidan Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Rossiya tomoni avvalroq Tomahawk’lar yetkazib berilişi Moskva va Vaşington munosabatlarini buzadigan eskalatsiya sifatida baholaşini bildirgandi.

Oq uyda bölib ötgan uçraşuvda Tramp Zelenskiyga bu bosqiçda Kiyevga Tomahawk raketalarini topşirmasligini aytdi, dedi muzokaralardan xabardor bölgan ikki manba Axios naşriga. Buni CNN manbalari ham tasdiqlamoqda.

Ularning sözlariga köra, AQŞ prezidenti hozirda diplomatiya uning ustuvor vazifasi ekani, Tomahawk yetkazib beriş esa bunga putur yetkazişi mumkinligini bildirgan. AQŞ ma’muriyati vakillaridan biri CNN telekanaliga bergan intervyusida Trampda Ukraina mojaroni kuçaytiriş va çözişga intilayotgandek taassurot paydo bölganini aytdi.

Naşr suhbatdoşlari prezidentlar uçraşuvini «keskin», «oçiq» va «ba’zi nuqtalarda noqulay» deb ta’rifladi. «Heç kim baqirmadi, ammo Tramp qattiqqöl edi», – dedi manbalardan biri. «Tramp bir neça keskin bayonotlar berdi va ba’zi lahzalarda uçraşuv juda hissiyotli keçdi», – deya qöşimça qildi ikkinçi suhbatdoş.

Zelenskiy bilan muzokaralarda Tramp AQŞning diplomatik kelişuv böyiça hozirgi taklifi öt oçişni töxtatiş va hozirgi front çiziğini muzlatişni nazarda tutişini aytdi, dedi manbalar. U uçraşuvni ikki yarim soatdan keyin tugatdi va matbuot qarşisiga çiqmadi. «Menimça, tugatdik. Keyingi hafta nima bölişini köramiz», – degan prezident AQŞ va Rossiya örtasida rejalaştirilgan muzokaralarni nazarda tutib. Tramp yaqin ikki hafta içida Budapeştda Putin bilan uçraşmoqçi.

Zelenskiy uçraşuvdan söng darhol Yevropa yetakçilari bilan telefon orqali muloqot qildi. Ularning ba’zilari Tramp öz pozitsiyasini özgartirganidan hayron bölişdi, dedi konferensiyada iştirok etgan Axios suhbatdoşi. Uning sözlariga köra, suhbatda iştirok etgan Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer AQŞ bilan birgalikda Trampning Ğazo sektori uçun 20 banddan iborat rejasi asosida Ukraina uçun tinçlik şartnomasini işlab çiqişni taklif qilgan. Zelenskiy bilan suhbatdan söng Yevropa yetakçilari Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun kelişilgan bayonotlar berişni boşladi, buni Tramp bilan uçraşuv muvaffaqiyatsiz bölganining aniq belgisi sifatida baholaş mumkin, deya ta’kidlaydi Axios.

Trampdan farqli ölaroq, Zelenskiy uçraşuvdan keyin matbuot uçun brifing ötkazdi. Ukraina prezidentining tasdiqlaşiça, tomonlar Tomahawk raketalarini muhokama qilgan, biroq bu mavzuda bayonot bermaslikka qaror qilingan, çunki AQŞ eskalatsiyani istamaydi. Tomahawk’lar böyiça optimistmisiz, deya berilgan savolga javoban Zelenskiy şunday degan: «Men realistman».