Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16 oktyabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotida harbiy harakatlarni töxtatiş şarti sifatida Ukraina Donetsk oblastidan butunlay voz keçişini talab qildi. Bu haqda suhbatdan xabardor ikki manbaga tayanib Washington Post xabar berdi.

Buning evaziga Putin Zaporijjya va Xerson oblastlarining Rossiya armiyasi tomonidan egallab olingan hududlarining bir qismini qaytarişga tayyorligini bildirgan.

Gazetaning fikriça, bu şartlar Putinning Alyaskadagi uçraşuvda bildirgan pozitsiyasi biroz yumşaganini körsatadi. Oq uyning ba’zi vakillari esa buni ösiş deb baholadi, degan naşr manbasi.

Yuqori martabali yevropalik diplomatning naşrga aytişiça, Kiyev «öz oyoğini heç narsa evaziga sotiş bilan barobar» hisoblangan taklifga rozi bölmaydi.

The Wall Street Journal Tramp ma’muriyati Rossiya bilan muzokaralarning yangi raundlari arafasida Kiyevga diplomatik bosimni kuçaytirayotganini qayd etgan. Şu bilan birga, Oq uy Moskvaga qarşi sanksiyalar rejimini kuçaytiriş masalalarida vazminlik körsatmoqda. Naşr ma’lumotlariga köra, Amerika rasmiylari asosiy diplomatik bosimni aynan Ukraina boşdan keçirayotganini tan olmoqda, bu Volodimir Zelenskiyning yaqinda Vaşingtonga taşrifi çoğida tasdiqlangan va u yerda Tomahawk raketalarini yetkazib beriş böyiça kafolat olinmagan.

Putin va Tramp 16 oktyabr kuni telefon orqali gaplaşgandi. Ikki soatlik muloqot yakunida prezidentlar ikki hafta içida Budapeştda yuzma-yuz uçraşişga kelişib olişgani ma’lum qilindi.

17 oktyabr kuni Tramp Oq uyda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşdi. Muloqotning asosiy mavzusi Kiyevga qurollar, jumladan Tomahawk rusumli qanotli raketalarini yetkazib beriş masalasi bölgan. Axios naşri ma’lumotiga köra, Tramp bu raketalarni berişga rozi bölmagan va hozirda asosiy e’tiborini diplomatiyaga qaratganini bildirgan. Ukraina prezidentining özi «Tramp „yöq“ ham, „ha“ ham demagani»ni aytdi.