"Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilar:
a) prezidentning “Özbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq:
Özbekiston davlat sport akademiyasi tizimida davlat muassasasi şaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi taşkil etilgan;
markaz sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiruvçi, sport turlari böyiça Özbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlaşni taşkil qiluvçi davlat tibbiyot muassasasi etib belgilangan;
b) prezidentning “Jismoniy tarbiya va sport sohasi uçun tibbiyot kadrlarini tayyorlaş hamda sportçilarga tibbiy xizmat körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq 2027 yildan Andijon, Buxoro va Samarqand şaharlarida markazning mintaqaviy filiallari faoliyatini taşkil qiliş belgilangan;
v) prezidentning “2024-2026 yillarda Özbekiston ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan Olimpiya şaharçasi hududida markaz uçun zarur bino barpo etilayotgani ma’lum qilindi.
Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining boşqaruv, tibbiyot, yetakçi tibbiyot va ilmiy xodim, xizmat körsatuvçi va texnik xodimlarining namunaviy ştatlar jadvali tasdiqlanadi.
Belgilanişiça:
- markaz faoliyati 2026 yildan boşlanadi;
- markaz sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiruvçi, sport turlari böyiça Özbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlaşni taşkil qiluvçi davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi;
- markazning tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq tölaş Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq tölaşning takomillaştirilgan tizimini tasdiqlaş töğrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oşiriladi;
- markazning ilmiy darajaga ega bölgan xodimlarining mehnati Vazirlar Mahkamasining “Davolaş-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega bölgan xodimlariga har oylik qöşimça haq tölaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qaroriga muvofiq rağbatlantiriladi (ustama haq tölanadi);











