3 oktyabr kuni akademiya “Zamonaviy şaroitda IT-landşaftni boşqariş” nomli bir kunlik mualliflik kursini taşkil etdi. Uşbu kurs kompaniyalarning zamonaviy IT yondaşuvlari va raqamli arxitekturasi böyiça dasturlar turkumidagi birinçi bosqiç böldi.

Kursni 30 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassislar olib bordi:
Andrey Janbayev — arxitektura va raqamli strategiyalar böyiça ekspert (X5 Retail Group, Home Credit Bank, DOM.RF);
Maksim Arzumanyan — Smart Architecs kompaniyasida biznes rivojlantiriş direktori, SPBDU oliy menejment maktabi MBA dasturi akademik rahbari, TOUCH kompaniyasida maslahatçi.

Iştirokçilar IT-landşaftni yaratiş böyiça zamonaviy yondaşuvlarni örgandilar: korporativ arxitektura boşqaruvi, biznes-tahlil, ma’lumotlar boşqaruvi, raqamli egizaklar va Data Governance amaliyotlari.
Amaliyot maşğulotlari davomida tinglovçilar öz taşkilotlari uçun yangi IT-amaliyotlarni joriy etiş böyiça mini-yöl xaritasini işlab çiqdi.
Dastur amaliyot formati va real misollar tufayli yuqori baholandi.
Iştirokçilar örgangan bilimlarini darhol iş jarayonida qöllaş imkoniyatini alohida ta’kidladi.

Keyingi tadbir — kiberxavfsizlik kursi
5-6 noyabr kunlari Fido-Biznes Academy “CISO mindset: biznes xavfsizligini qanday boşqariş kerak” nomli oflayn kursni ötkazadi.
Kurs kompaniya egalari va rahbarlari, CISO, CTO, CIO, CRO, kuzatuv kengaşi a’zolari va regulyatorlar vakillari uçun möljallangan.
Iştirokçilar kiberxavfsizlikning strategik vositalarini — xavf tahlilidan boşlab, samarali axborot xavfsizligi tizimini yaratişgaça — çuqur örganadi.

Spiker: Bolatbek N.M., Group CISO UCMG (Uzcard Management Group)







