Isroil armiyasi Ğazo sektoriga havo hujumlaridan söng öt oçişni töxtatiş rejimiga qaytganini e’lon qildi. «Siyosiy rahbariyat buyruği va HAMASning buzişiga javoban bir qator kuçli zarbalardan söng Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) yana öt oçişni töxtatiş tartibini amalga oşirişga kirişdi», — deyiladi TSAHAL 19 oktyabr, yakşanba kuni keçqurun e’lon qilgan bayonotda.
Erişilgan sulh bitimi xavf ostida. 19 oktyabr kuni ertalab Isroil armiyasi Falastinning HAMAS guruhini öt oçişni töxtatiş tartibini buzganlikda, natijada ikki isroillik askar halok bölganlikda aybladi. Bunga javoban Isroil Ğazo sektori böylab HAMASning önlab nişonlariga zarba berdi va bu sektorga gumanitar yordam yetkazib berişni töxtatdi.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu «Ğazo sektoridagi terrorçilar nişonlariga maksimal kuç» kiritişni buyurdi. Mudofaa vaziri Israel Kats HAMAS «Isroil askarlariga qarata otilgan har bir öq» va «öt oçişni töxtatiş rejimini buziş» uçun «katta tölov» tölaşi haqida ogohlantirdi.
HAMASga köra, Isroilning Ğazo sektoriga bergan javob zarbalarida kamida 45 kişi halok bölgan. Ğazo sektoridagi törtta kasalxona AFP axborot agentligiga bir xil miqdordagi ölim holatlari haqida xabar berdi.












