Özbekiston 2025 yil 9 oyida Xitoyga taxminan 630 million dollarlik tabiiy gazni quvur orqali eksport qildi. Bu haqda Xitoy bojxona boşqarmasi ma’lumotlariga tayanib TASS xabar berdi.
Qayd qilinişiça, ta’minotçilar orasida Rossiya yetakçilik qilmoqda – 7,29 mlrd dollar. Bu ötgan yilga nisbatan 18,9 foizga köproq.
Rossiyadan keyin uşbu resursni Xitoyga eksport qiluvçilar röyxatida Turkmaniston joylaşgan bölib, u uzoq vaqt davomida boşqa mamlakatlardan katta farq bilan tegişli körsatkiç böyiça birinçi örinda edi. Yanvar-sentabr oylarida Turkmanistondan Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib beriş 12,7 foizga kamayib, 6,46 milliard dollarni taşkil etdi. Keyingi örinlarda Myanma (1,18 milliard dollar), Qozoğiston (854,7 million dollardan ortiq) va Özbekiston (taxminan 629,8 million dollar).
Ta’kidlanişiça, sönggi yillarda Xitoy bojxonasi boşqa davlatlardan sotib olinayotgan quvur gazining fizik hajmini körsatmayapti.
Xitoy bojxona boşqarmasi statistik ma’lumotlariga köra, 2024 yilda Xitoy 21,1 milliard dollarlik quvur gazini import qilgan - bu 2023 yilga nisbatan 8,6 foizga köp. Uning Rossiyadagi xaridlari 25 foizga oşib, 8,03 milliard dollarni taşkil etgan.











