Ukrainaning Donbass mintaqasi uruşni tugatiş uçun «bölinişi» kerak, uning katta qismi Rossiya nazorati ostida qolişi kerak. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp 19 oktyabr, yakşanba kuni Rossiya-Ukraina uruşining tugaşi yuzasidan bayonot berdi.
«Hammasi qanday bölsa, şunday qolsin. U allaqaçon bölingan. Menimça, mintaqaning 78 foizi allaqaçon Rossiya tomonidan qölga kiritilgan», — dedi Tramp Air Force One bortida jurnalistlarga.
«Keyinçalik ular özaro kelişuvga erişişi mumkin. Ammo hozirça mojaroning har ikki tomoni frontning oldingi çiziğida töxtaşi kerak — uyiga qaytişi, janglarni töxtatişi, odamlarni öldirişni bas qilişi kerak», — dedi Oq uy rahbari.
Biroq Tramp 19 oktyabr kuni The Financial Times gazetasida çop etilgan xabarni rad etdi. Unda Zelenskiy bilan uçraşuvda Amerika prezidenti uni butun Donbassni Rossiyaga topşirişga undagani va aks holda Putin Ukrainani «yöq qilişini» aytgani ma’lum qilingan.
Jurnalistlar bilan uçraşuvda Tramp Hindiston haqida ham fikr bildirdi va boş vazir Narendra Modi Rossiya neftini xarid qilişni çeklaşga va’da berganini eslatdi. Agar bu amalga oşmasa, Nyu-Dehli «katta bojlar» tölaşda davom etadi, deya qöşimça qildi Tramp.











