Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning Budapeştda bölib ötişi rejalaştirilgan uçraşuviga qöşilişga tayyor. «Men tayyorman. Prezidentga [AQŞ prezidenti Donald Trampga Oq uydagi uçraşuvda] aytdim. Men tayyorman», dedi Zelenskiy 19 oktyabr, yakşanba kuni NBC News jurnalistining Budapeştga boriş istagi haqidagi savoliga javoban. Prezident, şuningdek, adolatli va mustahkam tinçlik uçun har ikki tomon ham zarurligini ta’kidladi. «Bizsiz qanday kelişuvlar bölişi mumkin?» — dedi u.

Ukraina prezidenti Rossiya uruşini tugatiş uçun mamlakat hududining bir qismidan voz keçişga tayyormi, degan savolga Zelenskiy şunday javob berdi: «Agar biz bu uruşni töxtatib, zudlik bilan va diplomatik yöl bilan tinçlik muzokaralariga ötmoqçi bölsak, özimiz turgan joyda qolişimiz va Putinga ortiqça heç narsa bermasligimiz kerak».

Suhbat çoğida Ukraina prezidenti, şuningdek, Ukraina hozirda «uruşda yutqazmayapti, lekin Rossiya ham ğalaba qozonmayotganini» ta’kidladi. Şu sababli, uning fikriça, Moskva jang maydonidagi ojizligini sezib, ukrainalik tinç aholiga qarşi havo hujumlarini kuçaytirgan. «Şuning uçun u (Vladimir Putin) haqiqatan ham havo hujumlarini kuçaytirmoqda, u qişda energiya falokatini xohlaydi», dedi Zelenskiy.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt avvalroq jurnalistlarga Vaşington Volodimir Zelenskiy ham sammitda iştirok etişiga umid qilayotganini aytgandi. 17 oktyabr kuni Vaşingtonda Zelenskiy bilan uçraşuvi oldidan Tramp, öz navbatida, Ukraina rahbari Budapeştga kelmasligini, ammo AQŞ prezidenti «u bilan aloqada bölişini» ta’kidladi.