AQŞda ham işçilar yaşaş xarajatlari oşib ketganidan şikoyat qilişyapti. Tuxum kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi keskin qimmatlaşgan, uy-joy narxlari ham iş haqi ösişidan tezroq kötarilyapti. Natijada soliqqa tortiş tizimidagi eng yuqori toifaga kiruvçi, olti raqamli daromad oluvçilar ham özlarini arang kun keçirayotgandek his qila boşlaşgan.

Goldman Sachs kompaniyasining yangi hisobotiga köra, yiliga 300 mingdan 500 ming dollargaça topadigan amerikalik işçilarning 41 foizi, şuningdek, 500 ming dollardan ortiq topadiganlarning 40 foizi özlarini «oylikdan oylikkaça yaşayapmiz» deb hisoblaydi.

Kutilmagan tarzda nisbatan kamroq maoş oluvçilar: yiliga 200 mingdan 300 ming dollargaça daromad topadiganlarning atigi 16 foizi öz xarajatlarini qoplaşda qiynalayotganini bildirgan.

Daromad spektrining yanada quyiroq qismida joylaşganlar: yiliga 100 mingdan 200 ming dollargaça topadigan xodimlarning 25 foizi, 50 mingdan 100 ming dollargaça daromad oladiganlarning esa 36 foizi oylikdan oylikkaça yaşayotganini ma’lum qilgan. Öz navbatida, yiliga 50 ming dollardan kam topadigan amerikalik işçilarining 57 foizi maoşlar kun keçiriş uçun zörğa yetişini aytgan.

Nega köp pul topadiganlar qiynalişni boşlagan?

Bir qaraşda yuqori daromad oluvçilarning kam maoşli işçilar bilan bir xil moliyaviy bosimni his qilayotgani mantiqsizdek tuyuladi. Ammo, tadqiqot bu paradoksni «hayot tarzi inflatsiyasi» bilan boğlagan. Ya’ni ilgari haşamat hisoblangan narsalar ayrim daromad guruhlarida asta-sekin zaruratga aylana boşlagan.

«Tadqiqot şuni körsatadiki, moliyaviy bosim faqat past daromadli işçilar bilan çeklanmaydi. Yuqori daromad egalari orasida ham oylikdan oylikkaça yaşayotgan yoki uzoq muddatli moliyaviy maqsadlariga yetişda sust natija körsatayotganlar köp. Bu esa ortib borayotgan xarajatlar, qarz yuklamasi va hayot tarzi inflatsiyasining jamğarma imkoniyatini yöqqa çiqarayotganini anglatadi», deyiladi hisobotda.

Narxlar oşişda davom etyapti. Eng oddiy mahsulotlar, masalan, ön ikkitalik tuxum ayni paytda 3,6 dollar turadi. Joriy yilning mart oyida bu körsatkiç 6,22 dollargaça kötarilgandi. Taqqoslaş uçun, pandemiyagaça 12 ta tuxumning bahosi atigi 1,4 dollar bölgan.

Yirikroq xaridlar, masalan, uy sotib olişga kelsak, narxlar yanada keskin oşgan. AQŞda uy sotib olişning örtaça narxi 2025 yil avgustida 413,5 ming dollarni taşkil etgan bölsa, bu pandemiyadan oldin, 2020 yilning yanvarida 328,9 ming dollar edi. Natijada yangi toifa — «doimiy ijaraçilar» paydo bölgan.