Sanitar tozalaş işlarini taşkil etiş respublika markazi negizida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi huzurida Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi taşkil etildi. Agentlik amaldagi ştat birliklarini saqlab qolgan holda davlat muassasasi şaklida taşkil etildi.

Hujjat bilan tasdiqlangan agentlik töğrisidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • agentlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
  • agentlikning huquq va majburiyatlari;
  • rahbarlarning asosiy funksional vazifalari va majburiyatlari;
  • agentlik faoliyatini taşkil etiş, uning respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari bilan özaro hamkorligi tartibi;
  • agentlik va uning hududiy bölinmalari faoliyatini moliyalaştiriş, xodimlarni moddiy rağbatlantiriş tartibi.

Agentlikning asosiy vazifalari:

  • çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasida yagona normalar, qoidalar va standartlarni işlab çiqiş, sinovdan ötkaziş va joriy etiş;
  • çiqindi bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasidagi faoliyatni muvofiqlaştiriş;
  • öz sohasi böyiça normativ-huquqiy hujjatlarni takomillaştiriş, respublika va hududiy dasturlar böyiça takliflar işlab çiqiş;
  • çiqindilar hosil bölişi normativlarini belgilaşda va ularni joylaştiriş obektlarini taşkil etişda iştirok etiş;
  • jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan qattiq maişiy çiqindilarni olib çiqiş uçun majburiy tölovlarni tölaş va hisobga olişning yagona elektron tizimi uzluksiz işlaşini ta’minlaş;
  • sohaga xususiy sektorni keng jalb qiliş, DXŞ bitimlarini amalga oşirişda iştirok etiş;
  • sohani raqamlaştiriş, zamonaviy AKTni joriy etiş.

Şuningdek, agentlik respublikada maişiy, quriliş, suyuq, toksikologik-kimyoviy, tibbiy va elektron çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş tizimini takomillaştiriş, ularni qayta işlaş va utilizatsiya qilişning zamonaviy usullarini joriy etiş, "nol çiqindi" tamoyilini joriy etişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş bilan şuğullanadi.

Çiqindilarni saralaş va qayta işlaş natijasida energiya resurslari, xomaşyo va materiallar işlab çiqarişni taşkil etiş orqali respublikada siklik iqtisodiyotni rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.