Özbekistonda maktablardagi şaroitlarni yaxşilaşga qaratilgan “Mening maktabim” taşabbusli budjet loyihasi boşlanmoqda.

Loyiha doirasida har bitta umumta’lim maktabiga 62 mln sömdan mablağ ajratiladi. Bu mablağni nimaga işlatişni esa öşa maktablarning yuqori sinf öquvçilari hal qiladi.

Öquvçilar öz maktabini qöşimça jihozlaş böyiça taklif kiritib, uni maktabdoşlari orasida tarğib qiliş orqali ovoz töplaydi. Bunda, kiritilgan takliflarga faqat şu maktabning öquvçilari ovoz bera oladi.

Eng köp ovoz olgan loyihalar ğolib deb topilib, söralgan jihozlar xarid qilinadi.

Bu orqali yoşlarda maqsad sari jamoa bölib harakat qiliş könikmasi şakllanadi, liderlik qobiliyati rivojlanadi.

“Mening maktabim” loyihasi ötgan yili ilk marta sinov tariqasida ötkazilgan va unda maktab uçun kompyuter, elektron doska, sport jihozlari, faollar zali uçun jihozlar va kuzatuv kameralari kabi taşabbuslar ilgari surilgan.

Bu yildan boşlab, “Mening maktabim” respublika böyiça yuqori sinf öquvçilari öqiydigan umumta’lim maktablarining barçasida ötkaziladi.

1-mavsumda 112 ta tumandagi 4987 ta maktab qatnaşadi va bunda:

  • 22–31 oktyabr kunlari loyihalar şakllantiriladi;
  • 1–10 noyabr kunlari loyihalar saralanadi;
  • 11–20 noyabr kunlari ovoz beriş bosqiçi ötkaziladi.

Qolgan maktablar esa dekabr oyida böladigan 2-mavsumda iştirok etadi.

Loyiha kiritiş bosqiçida öquvçilar “Oçiq budjet” portalidagi namunalar orasidan öziga yoqqan loyihani tanlab olişi yoki özlari yangidan loyiha şakllantirib, uni ilgari surişi mumkin.