Taqdimotda iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda sun’iy intellekt yeçimlarini joriy etiş, samarador tajribalarni keng qöllaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Sun’iy intellektni tez va barqaror rivojlantiriş uçun xorijiy va mahalliy tajribalarni doimiy tahlil qiliş, sohada faoliyat yuritayotgan yoşlarimiz, xalqaro ekspertlar va xususiy sektor bilan yaqin hamkorlikni yölga qöyiş zarurligi ta’kidlandi. Bu yönaliş rivojining eng muhim omili malakali kadrlar tayyorlaş ekanligi qayd etildi.
“Universitet – sanoat – xalqaro hamkorlik” sun’iy intellekt klasteri loyihasi taqdimot qilindi. Bu taşabbus doirasida öquvçilarda sun’iy intellekt savodxonligini oşiriş, pedagog kadrlarning malakasini yuksaltiriş, sohaviy darsliklarni işlab çiqiş va sanoat uçun zamonaviy mutaxassislar tayyorlaş işlari belgilangan.

Şuningdek, taqdim etilgan “AI Maktab” platformasi esa yoşlarni raqamli könikmalar hamda zamonaviy kasblarga örgatişga qaratilgan. Platforma orqali iştirokçilar virtual yordamçi, raqamli marketolog, AI-kontent yaratuvçi, biznes-analitik kabi önlab yönalişlarda masofaviy ta’lim oladi.
Prezident uşbu tajribani kengaytiriş, muhim sohalar rivojiga yoşlarning ilmiy salohiyatini jalb etiş muhimligini ta’kidladi.
Şuningdek, sun’iy intellekt böyiça ilmiy-öquv laboratoriyalarini taşkil etişdan kutilayotgan natijalarga e’tibor qaratildi. Tijorat banklarida bu yönalişda amalga oşirilayotgan işlar ham muhokama qilindi. Yaqin istiqbolda bunday ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni oliy ta’lim muassasalarida keng yölga qöyiş zarurligi ta’kidlandi.

Davlat rahbari sun’iy intellekt yönalişida faoliyat yuritayotgan yoşlarning “PromptLab”, “Detecting-AI.com” va “KotibAI” kabi innovatsion loyihalari bilan ham tanişdi. Bugungi kunda uşbu mahalliy işlanmalar moliya muassasalari, quriliş sohasi hamda ijodiy jamoalar faoliyatida qöllanilayotgani qayd etildi.
Şavkat Mirziyoyev taqdim etilgan çora-tadbir va loyihalarni qöllab-quvvatladi. Sun’iy intellektni joriy etiş jarayonlarini yanada jadallaştiriş, ilğor tajribalarni amaliyotga tatbiq etiş böyiça tavsiya va topşiriqlar berdi.













