Keça, 20 oktyabr kuni soat 17:42 da Toşkent şahar Olmazor tumani Qoraqamiş köçasi 3-uy oldida oçiq maydonda quruq öt va şox-şabba yonayotgani töğrisida Toşkent şahar FVB xabar kelib tuşgan.
Yonğin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 17:48 da yetib borib, yonğin soat 17:51 da öçirilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossizdir, yonğinning maktab hududiga aloqasi yöq, deyiladi ma’lumotda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda yonğin 326-maktab yonida kuzatilganini köriş mumkin.











