AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukrainaning Rossiya bilan uruşda ğalaba qozonişiga işonmasligini aytdi, ammo bu nazariy jihatdan mumkin ekanini ta’kidladi. Bu haqda Tramp 20 oktyabr, duşanba kuni Avstraliya boş vaziri Entoni Albaneze bilan qöşma nutqida aytib ötdi.
«Ular hali ham ğalaba qozonişi mumkin. Men ular ğalaba qozonadi deb öylamayman, lekin nazariy jihatdan ular ğalaba qozonişi mumkin. Men heç qaçon ular ğalaba qozonişini aytmagandim. Hamma narsa bölişi mumkin», — deya Trampning sözlarini keltiradi CNN.
Bir oydan kamroq vaqt oldin Oq uy rahbari Ukraina Yevropa Ittifoqi kömagida özining sobiq çegaralaridagi barça hududini «jang qilib, qaytarib olişga qodir»ligini ta’kidlagan edi. «Vaqt ötişi bilan Yevropa, xususan, NATOning sabri va moliyaviy yordami bilan asl çegaralarni tiklaş mumkin», dedi Amerika rahbari.
19 oktyabr kuni AQŞ prezidenti Rossiya-Ukraina uruşiga barham beriş uçun Donbass mintaqasi «bölinişi» kerakligini, uning katta qismi Rossiya nazorati ostida qolişi kerakligini aytdi. «Bu şunday qolsin. U allaqaçon bölingan. Menimça, mintaqaning 78 foizi allaqaçon Rossiya tomonidan işğol qilingan», — dedi Tramp hamda Rossiya va Ukraina «keyinroq nimadir» böyiça kelişib olişi mumkinligini aytdi.











