Yangi texnologiya Raqamli texnologiyalar vazirligi taşabbusi va kömagi asosida işga tuşirilgan. Bu haqda 17 oktyabr kuni Beeline, 21 oktyabrda Mobiuz aloqa operatorlari xabar berdi.
Anti-spufing tizimi raqamning haqiqiyligini tekşiradi: agar xalqaro qönğiroq aslida Özbekiston foydalanuvçisidan emas, balki faqat mahalliy raqam (+998 prefiksi) ostida yaşiringan bölsa, tizim bunday qönğiroqni avtomatik tarzda bloklaydi, deyiladi Beeline xabarida.
“Firibgarlar soxta raqamlarni bir neçta sxemalar orqali qöllaşadi. Masalan, ular köpinça xorijdan qönğiroq qilib, özlarini Özbekistonlik abonentning statsionar raqami ostida yaşirişadi – tizim bu mos kelmaslikni aniqlaydi va qönğiroqni bloklaydi. Yana bir usul – göyoki Özbekiston mobil operatorlaridan biri nomidan, ammo xorijdan, roumingda qönğiroq qiliş. Tizim real vaqt rejimida SIM-karta qaysi tarmoqda röyxatdan ötganini operator orqali tekşiradi. Agar operatorning kommutatsiya uskunasi abonent xorijiy tarmoq örniga uy tarmoğida röyxatdan ötganini körsatsa, u holda qönğiroq ham avtomatik ravişda bloklanadi”, – deyiladi xabarda.
Firibgarlikdan himoyaning bunday tizimi barça abonentlar uçun avtomatik ravişda, bepul faollaştirilgan bölib, ulardan heç qanday qöşimça harakat talab qilinmaydi.
Mobiuz xabariga köra, kompaniya anti-spufing texnologiyasini 2025 yil sentabr oyida joriy etgan.
“Mana, bir oydan buyon telefon firibgarlarining çet eldan Özbekistonga qilayotgan minglab qönğiroqlari abonentlarimizga yetib kelmayapti. Sababi esa oddiy – tizim qönğiroqlarning haqiqiyligini avtomatik tarzda tekşiradi hamda abonentga kelayotgan şubhali qönğiroqlarni tösib qöyadi”, – deyiladi kompaniya axborotida.











